15.02.2025 12:13

AQShda transgenderlar harbiy xizmatga jalb qilinishi taqiqlandi



AQSh armiyasi transgenderlarning harbiy xizmatga kirishini taqiqladi va gender oʻtish tartib-qoidalarini amalga oshirish yoki ularga yordam berishni toʻxtatish haqida qaror chiqardi. Bu qaror 2025 yil 15 fevraldan kuchga kiradi va prezident Donalьd Trampning bu haqdagi yangi farmoniga asoslanadi.  Qarorga koʻra, endi bu kabi jirkanchliklarning vatani hisoblanmish AQSh armiyasida ham erkak va ayol doimiy jins sifatida tan oladi.

Oldinroq, yaъni Trampning birinchi muddatida transgenderlarning harbiy xizmatga kirishi taqiqlangan edi. Ammo oʻsha paytdagi faol xizmatchilarga oʻz xizmatini davom ettirishga ruxsat berilgan edi. 2021 yilda prezident Jo Bayden bu taqiqni bekor qilgan, ammo Trampning qaytadan prezident boʻlishi bilan yana siyosat oʻzgardi.

Maъlumot uchun, hozirda AQSh armiyasida 15 000 ga yaqin transgender xizmatchi mavjud.

Achinarlisi LGBTning homiysi boʻlgan mamlakatlarda ham erkinlik niqobi ostidagi illatlarga barham berilayotgan boʻlsa-da, ayrim musulmon davlatlarida bu kabi gunoh ishlarga yoʻl ochib berilmoqda.

Mavzuga aloqador