25.04.2024 15:01

AQShda talabalar namoyishlari chegaralardan oshmoqda

AQShda Gʻazoda qirgʻin uyushtirayotgan Isroilga harbiy yordam ajratishga qarshi talabalar namoyishlari koʻlami va joʻgʻrofiyasi tobora kengayib bormoqda. Ayni paytda nafaqat AQSh, balki Evropadagi nufuzli universitetlarda ham namoyishlar boʻlib oʻtmoqda. Azon Global vaziyatga qisqacha nazar tashladi.

Nʻyu-York universitetining Gʻazodagi qatliomga qarshi namoyishda ishtirok etgan 120 talabasining hibsga olinishi butun mamlakat boʻylab talabalarning yangi namoyishlariga sababchi boʻldi. Ayni paytda AQShning etakchi universitet va kollejlarida talabalarning Falastinni qoʻllab-quvvatlash va Isroilga harbiy yordamga qarshi ommaviy noroziliklari tobora keskinlashib bormoqda. Yelʻ, Texas, Kolumbiya, Minnesota, Berklidagi Kaliforniya, Braun, Pittsburg, Nʻyu-Yorkdagi Rochester, Tafts, Michigan, Merilend, Janubiy Kaliforniya, Ogayo universitetlari, Massachuset texnologiyalar instituti, Gumbolʻddagi Kaliforniya politexnika instituti, Massachusetsdagi Emerson, Pensilʻvaniyadagi Svartmor kollejlari oʻquvchi-talabalari norozilik namoyishiga chiqqan.

AQShdagi namoyishlar politsiya va xavfsizlik kuchlari tomonidan qattiqqoʻllik bilan bostirilmoqda, koʻplab talabalar hibsga olingan va oʻqishdan haydalgan.

Ostindagi Texas universitetida namoyishlar vaqtida eng kamida 34 kishi, Janubiy Kaliforniya universitetida kamida 50 kishi politsiya tomonidan qoʻlga olindi. Texas shtati politsiyasi namoyishlarni haqqoniy ravishda yoritishga harakat qilgan FOX 7 telekanalining Karlos ismli muxbirini ham shafqatsiz koʻrinishda hibsga oldi.

Qayd etilishicha, norozilik namoyishi Texas gubernatori Greg Ebbott va universitet maʻʻmuriyati iltimosiga koʻra tarqatilgan.

Avvalroq Texas gubernatori Falastin tarafdorlari norozilik namoyishlarining barcha ishtirokchilarini qamoqqa tashlash bilan tahdid qilgan edi.

“Bu namoyishchilarning joyi - qamoqxona. Texasda antisemitizmga yoʻl qoʻyilmaydi”, - deb yozgan gubernator X ijtimoiy tarmoqda uning soʻzlariga koʻra, antisemitizm namoyishlarida qatnashayotgan talabalar universitetlardan haydalishi kerak.

AQShdagi talabalarni qoʻllab-quvvatlab, shuningdek, Gʻazo xalqi bilan birdamlik bildirib Istanbul universiteti, Parijdagi Sciences Po universiteti talabalari ham namoyishga chiqdi. Parij politsiyasi talabalarni qattiqqoʻllik bilan tarqatmoqda. Ularning bir qanchasi hibsga olingan.

Google

Google kompaniyasi esa Isroilning Nimbus loyihasidagi ishtirokiga qarshi norozilik namoyishlaridan soʻng 50 dan ortiq xodimini ishdan boʻshatdi.

"Korporatsiya norozilikni bostirishga, xodimlarning ovozini oʻchirishga va ular ustidan nazoratni tiklashga harakat qilmoqda", dedi No Tech for Apartheid harakati matbuot kotibi Jeyn Chan The Washington Post gazetasiga.

Nimbus loyihasi bulutli texnologiyalar va mashinalarni oʻrgatish tizimlarini oʻz ichiga olib, maʻʻlumotlarni yigʻish, saqlash, tahlil qilish, ulardan maqsad va alomatlarni aniqlash, salohiyatli maʻʻlumot va maqsadlarni bashorat qilish kabi vazifalarni bajaradi. Tizim Isroil va uning harbiylari tomonidan taqdim etilgan barcha maʻʻlumotlar manbalarini, jumladan maʻʻlumotlar bazalari, resurslar, hatto koʻcha kameralari va dron kameralari kabi jonli kuzatuv manbalarini toʻplashi mumkin.

Mavzuga aloqador