23.04.2024 14:28

AQShda talabalarning hibsga olinishi va OTMLarning yopilishi ham namoyishlarni toʻxtata olmadi

AQShning etakchi universitetlarida Falastinni qoʻllab-quvvatlash va Isroilga harbiy yordamga qarshi namoyishlar davom etmoqda. Talabalar noroziligi sababli Kolumbiya universiteti masofaviy taʻʻlimga oʻtdi, Harvard xodimlar va talabalardan boshqalarga eshiklarini yopdi.

AQShning etakchi universitetlarida talabalarning Falastinni qoʻllab-quvvatlash va Isroilga harbiy yordamga qarshi ommaviy noroziliklari boʻlib oʻtmoqda. Talabalar OTMlar rahbariyatidan Baydenning Falastinga nisbatan siyosatini qoralashni talab qilmoqda, deb yozadi Arab News.

Talabalarning noroziliklari tufayli Kolumbiya universiteti masofaviy taʻʻlimga oʻtdi, Yel universitetida AQSh siyosatiga rozi boʻlmagan oʻnlab yoshlar hibsga olindi, Harvard talabalar va xodimlardan tashqari hamma uchun eshiklarini yopdi.

Talabalar oʻrtasida Falastinni qoʻllab-quvvatlash harakati oʻtgan hafta talabalar Kolumbiya universiteti kampusida lagerʻ qurganlarida kuchaygan. Lagerʻ politsiya tomonidan buzib tashlangan va koʻplab talabalar, jumladan, kongressmen Ilhan Umarning qizi maktabdan chetlashtirilgan, ammo bu olovga faqat moy sepdi.

Ayni paytda Ivy League OTMlari, Massachusets texnologiya instituti, Nʻyu-York, Michigan va boshqa koʻplab universitetlarda Falastinni qoʻllab-quvvatlovchi harakatlar boʻlib oʻtmoqda. Yahudiy huquqshunos talabalar assotsiatsiyasidan Keti Manning Kolumbiya universiteti oldidagi maysazorning uchdan bir qismini egallab olgan namoyishchilar Isroilni yoʻq qilishga chaqirib, “Daryodan dengizgacha Falastin ozod boʻladi” shiorini hayqirganidan shikoyat qildi.

Mavzuga aloqador