23.06.2025 13:07
68

AQShda namoyishlar: Tramp – urush jinoyatchisiga aylandimi?



AQSh harbiylari tomonidan Eron yadroviy obъektlariga zarba berilgach, Nьyu-Yorkda AQSh rahbari Donalьd Trampga qarshi namoyishlar boshlandi. 

NBC News'ning xabar berishicha, namoyishchilar Nьyu-Yorkdagi Times Square va AQShning turli hududlarida yigʻila boshlagan. Bu namoyishlar Tramp maъmuriyati tomonidan Erondagi yadroviy obъektlarga uyushtirilgan zarbalarga javoban boʻlib oʻtmoqda. 

Hodisa joyidan olingan videolarda namoyishchilarning qoʻllarida “Tramp – urush jinoyatchisi” degan yozuv yozilgan plakatlarni koʻrishimiz mumkin. 

Ishtirokchilar nafaqat Nьyu-Yorkning markaziy qismidagi Times Square, balki Vashingtondagi Oq uy atrofida, shuningdek, Massachusets shtatining Boston shahrida ham toʻplangan. Mitinglar Ogayo shtatining Tsintsinnati shahrida ham oʻtkazilmoqda.

Mavzuga aloqador