AQShda Baydenning ruhiy holatini tekshirish tavsiya etilgan
AQShda prezident Jo Baydenning keyingi savlovlarda qatnashishga munosib nomzod emasligi haqidagi gap-soʻzlar koʻpaymoqda. Jumladan, Janubiy Karolinadan senator Lindsi Grem 81 yoshli davlat rahbarining aqliy va jismoniy holatini tekshirishga chaqirdi. Vakillar palatasining 25 kishilik demokratlar guruhi ham Baydenni prezidentlik saylovi poygasidan chiqishga chaqirdi. AQSh vitse-prezidenti Kamala Xarris demokratlardan ishonchliroq nomzod boʻlishi mumkinligi aytilmoqda.
Janubiy
Karolina senatori Lindsi Grem Jo Bayden, shuningdek, Donald Tramp va boshqa
siyosatchilar uchun jismoniy va kognitiv testlarni oʻtkazishga chaqirdi. Respublikachi
qonunchi barcha boʻlajak prezidentlikka nomzodlar, shuningdek, prezident oʻrnini
egallashi mumkin boʻlganlar uchun bunday testlarni oʻtkazishni tavsiya qildi.
“Boʻlajak prezidentlikka nomzodlarning barchasi umumiy tibbiy
koʻrik doirasida nevrologik tekshiruvdan oʻtishi kerak. Keling, Trampni tekshiramiz.
Keling, Baydenni tekshiramiz. Nomzodlarni
tekshirib koʻraylik”, - dedi
senator.
“Biz [prezidentlikka] nomzod boʻladigan odamlar ogʻir sharoitlarda bosh qoʻmondon boʻlishga
qodirligiga ishonch
hosil qilishimiz kerak”, - deya oʻz fikrini davom ettirdi
siyosatchi.
Gremning
taklifi kaliforniyalik demokrat Adam Shiff agar Bayden va Tramp testlardan
oʻtishsa, "baxtli boʻlishini" aytganidan keyin yangragani eʻʻtiborga molik.
"Ochigʻini aytganda, test Donald Trampning u yoki bu
turdagi jiddiy xastalikka ega ekanligini koʻrsatadi", - deya kinoya qilgan edi Adam Shiff respublikachining
ham ruhiy muammolari
borligini nazarda tutib.
AQSh
prezidentini kognitiv sinovdan oʻtkazish haqidagi gap-soʻzlar 81 yoshli Baydenning Donalʻd Tramp bilan oʻtkazgan
debatidagi muvaffaqiyatsizligi bilan bogʻliq. Siyosatchi debatdagi
muvaffaqiyatsizligi ruhiy
buzilish alomati emas, balki shunchaki «epizod» boʻlganiga ishontirishga urinmoqda. Oq uy rahbari
joriy yilning noyabrʻ oyida boʻlib
oʻtadigan saylovda demokratlardan qayta saylanishga qodir nomzod ekanligini isbotlamoqchi. Biroq
Demokratlar lageridagi hamma ham bunday fikrda emas: Vakillar palatasining 25 kishilik demokratlar guruhi allaqachon
Baydenni poygadan chiqishga chaqirgan.
Grem, shuningdek, Baydenning Demokratik nomzod sifatida
"oʻrnini egallashi" mumkinligini va AQSh vitse-prezidenti Kamala Xarris
eng aniq tanlov ekanligini taxmin qildi. "Agar u nomzod boʻlsa, bu
hozirgidan butunlay boshqacha poyga boʻladi", dedi demokrat.