AQShda 2024 yil boshidan buyon 55 marotaba ommaviy otishma sodir etildi
AQShda
2024 yil boshidan buyon 55 marotaba ommaviy otishma sodir etildi
2024 yilning dastlabki 50 kunida AQShda 55 marotaba ommaviy otishma sodir etildi. Azon Global AQSh Oʻqotar qurollar ishtirokidagi zoʻravonliklar arxivining 20 fevralʻ holatidagi maʻʻlumotlarini oʻrgandi.
Unga
koʻra, mazkur ommaviy otishmalar davomida eng kamida 92 kishi halok boʻldi, 186
kishi jarohatlandi.
Ana
shunday ommaviy otishmalarning eng yiriklaridan biri 14 fevralʻ kuni Missuri
shtatining Kanzas-Siti shahrida Amerika futboli finali gʻoliblari sharafiga
oʻtkazilgan festivalda sodir etildi. Ushbu otishmada bir kishi halok boʻldi, kamida
29 kishi, jumladan 9 bola jarohatlandi.
Arxiv
maʻʻlumotlariga koʻra, 23 yanvarʻ kuni Kaliforniya shtatining Adelanto (6 kishi) hamda
21 yanvarʻ kuni Illinoys shtatining Joliet (8 kishi) shaharlarida sodir etilgan
ommaviy otishmalarda eng koʻp odam qurbon boʻlgan.
Bundan
tashqari, AQShda yil boshidan buyon oʻqotar qurollar yordamida sodir etilgan otishmalarda
jami 2199 kishi halok boʻlgan, 3731 kishi jarohatlangan. Qurbonlarning 34 nafari
11 yoshgacha boʻlgan bolalar, 12-17 yoshli oʻsmirlar 167 nafarni tashkil etgan. Shuningdek,
68 bola va 378 nafar oʻsmir turli darajada tan jarohatlari olgan. 95 kishi qurol
yordamida oʻz joniga qasd qilgan.