14.02.2025 09:08
AQSh Xalqaro jinoiy sud bosh prokurori Karim Xonga qarshi sanktsiya joriy etdi
AQSh Xalqaro jinoiy sud (XJS) bosh prokurori Karim Xonni sanktsiyalar roʻyxatiga kiritdi. Bu qaror Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va Rossiya prezidenti Vladimir Putinni hibsga olish orderi bilan bogʻliq holda qabul qilindi.
Karim Xon 2021 yildan beri XJS bosh prokurori lavozimida ishlab kelayotgan britaniyalik yurist hisoblanadi. Sanktsiyalar natijasida uning aktivlari muzlatiladi va AQShga kirishi taqiqlanadi.
Donald Tramp XJSni «Amerikaga qarshi noqonuniy harakatlar qilish» hamda Isroilga qarshi asoslanmagan orderlar berishda aybladi. Shuningdek, XJSga qarshi moliyaviy va viza cheklovlari joriy qilindi.
Amnesty International tashkiloti bu qarorni «xalqaro adolat tizimiga hujum» deb baholadi. Ularga koʻra, bu Trampning Isroil hukumati tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlarni qoʻllab-quvvatlashini koʻrsatadi.
Manba: XJS, Amnesty International