07.02.2024 09:57

AQSh Vakillar palatasi Isroilga 17,6 milliard dollarlik yordam koʻrsatish loyihasini rad etdi

 

AQSh Kongressining Vakillar palatasi Isroilga 17,6 milliard dollar yordam ajratish haqidagi qonun loyihasini rad etdi. Hujjatni Kongress quyi palatasining 250 nafar aʻʻzosi qoʻllab-quvvatlagan, 180 nafar qonunchi esa unga qarshi chiqdi.

AQSh Kongressining Vakillar palatasi Isroilga 17,6 milliard dollar yordam ajratish haqidagi qonun loyihasini rad etdi. Hujjatni Kongress quyi palatasining 250 nafar aʻʻzosi qoʻllab-quvvatlagan, 180 nafar qonunchi esa unga qarshi chiqdi. Tashabbus qabul qilinishi uchun ovozlarning uchdan ikki qismini olish kerak edi.

AQSh Kongressi Vakillar palatasining respublikachi aʻʻzosi Mayk Jonson taklif qilgan qonun loyihasiga 166 nafar demokrat va 14 nafar respublikachi qarshi ovoz berdi.

Aksar demokrat qonunchilar qonun loyihasiga siyosiy sabablarga koʻra qarshi ovoz berganini aytishdi. Chunki tashabbus faqat Isroilni qoʻllab-quvvatlashni oʻz ichiga olgan, Ukrainaga koʻmak, Gʻazoga gumanitar yordam va Tayvanni qoʻllab-quvvatlash kabi boshqa tashqi siyosiy masalalar kiritilmagan.

Progressiv qanotga yaqin qonunchilar, jumladan Vakillar palatasidagi yagona falastinlik deputat Rashida Tlaib va ​​yana bir musulmon qonunchi Ilxan Umar qonun loyihasiga qarshi chiqish qarorini “Isroilning Gʻazoga hujumlari natijasida xalqaro huquqning jiddiy buzilishi bilan izohlashdi.

Demokratlar uzoq vaqtdan beri Ukraina va Isroilga harbiy yordam hamda AQSh-Meksika chegarasi xavfsizligini yagona paketga birlashtirishga harakat qilmoqda.

Ammo respublikachilar chegara xavfsizligi mavzusini ajratishga moyil boʻlib, Bayden maʻʻmuriyatidan bu borada koʻproq narsa talab qilmoqda.

Avvalroq AQSh prezidenti Jo Bayden Isroilni qoʻllab-quvvatlovchi, lekin Ukraina va chegara xavfsizligiga oid bandlarni oʻz ichiga olmagan qonun loyihasiga veto qoʻyishini maʻʻlum qilgandi.

“Hech kim prezident Baydenni Isroilga qarshilikda ayblay olmaydi, lekin agar biz bu qonun loyihasini (faqat Isroilni qoʻllab-quvvatlaydigan) qabul qilsak, qolgan hamma narsa chiqindiga aylanadi”, dedi ovoz berishdan keyin jurnalistlarga demokratlar vakili Emanuel Kliver.

Mavzuga aloqador