17.02.2025 16:45

AQSh, Ukraina va Rossiya vakillari Saudiyaga etib keldi



AQSh, Ukraina va Rossiya vakillari Ukrainadagi vaziyatni tartibga solish boʻyicha muzokaralar olib borish uchun Saudiya Arabistoniga keldi. Baъzi ommaviy axborot vositalari uchrashuv Ukraina delegatsiyasi ishtirokisiz oʻtishini yozmoqda.

CNN xabariga koʻra, AQSh davlat kotibi Marko Rubio, Yaqin Sharq boʻyicha maxsus elchi Stiv Uitkoff va milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchi Mayk Uolts muzokaralarda ishtirok etish uchun Saudiyaga borgan. Qirollik nafaqat muzokaralar uchun maydon taqdim etadi, balki vositachi sifatida ham qatnashadi. 

Rossiya tomonidan AQSh bilan muzokaralarda prezident yordamchisi Yuriy Ushakov, Tashqi razvedka xizmati direktori Sergey Narishkin va Rossiya toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasi rahbari Kirill Dmitriev ishtirok etadi.

Ukraina iqtisodiyot vaziri Yuliya Sviridenko esa Facebookda Ukraina hukumat delegatsiyasi Saudiya Arabistonida ish boshlaganini maъlum qilgan.

Manbalarga koʻra, Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodda 18 fevralь kuni Rossiya va AQSh delegatsiyalari ishtirokida Ukraina boʻyicha muzokaralar boʻlib oʻtadi.

Mavzuga aloqador