20.06.2025 08:03
224

AQSh talabalar uchun vizani qayta tikladi, faqat...



AQSh Davlat departamenti talabalarga viza berish jarayonini qayta tikladi. Ushbu jarayon may oyida toʻxtatilgan edi. Faqat bundan keyin AQShda oʻqishni xohlaganlardan oʻzlari foydalanadigan ijtimoiy tarmoqlarni kuzatishga rozilik talab qilinadi.

Associated Press agentligi yozishicha, AQSh talabgorlarning ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatini tekshirib, ularda Amerika Qoʻshma Shtatlariga, uning hukumat tizimi, madaniyati, milliy qadriyatlari yoki institutlariga nisbatan tajovuzkor munosabat mavjud yoki yoʻqligini aniqlaydi.

Agar ariza beruvchi oʻz akkauntlariga kirish imkonini bermasa, u holda vizani rad etish ehtimoli yuqori boʻladi. Davlat departamenti taъkidlashicha, har bir viza bilan bogʻliq qaror — milliy xavfsizlik masalasidir. Viza olishni istagan har bir kishi AQShga tashrifi faqat belgilangan maqsadlar uchun ekanini dalillar bilan isbotlashi lozim.

Mavzuga aloqador