19.12.2023 12:28

AQSh Qizil dengizda xusiylar hujumlariga qarshi 10 davlatdan iborat koalitsiya tuzmoqchi

AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin koalitsiya tarkibiga Bahrayn, Kanada, Frantsiya, Italiya, Buyuk Britaniya va boshqa davlatlar kirishini bildirdi.

Yamandagi xusiylar tomonidan Qizil dengizda Isroilga aloqador kemalarga hujumlar uyushtirilishi natijasida AQSh ushbu hududda dengiz savdosini himoya qilish maqsadida koʻp davlatli kolatsiya tashkil etilishini eʻʻlon qildi.

AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin dushanba kuni Bahrayn, Kanada, Frantsiya, Italiya, Seyshel orollari va Britaniya oʻn davlatning "koʻp millatli xavfsizlik tashabbusi"ga qoʻshiladigan davlatlar qatoriga kirishini aytdi.

Ostin oʻz bayonotida "harakatlanish erkinligining asosiy printsipini qoʻllab-quvvatlashga intilayotgan davlatlar ushbu nodavlat aktyor tomonidan qoʻyilgan muammoni hal qilish uchun birlashishi kerak"ligini taʻʻkidlab, hujumlarni "jamoaviy harakatni talab qiladigan" muammo deb atadi.

Xusiylar hujumlaridan soʻng eng kamida 12 ta kema kompaniyasi, jumladan, Italiya-Shveytsariyaning Mediterranean Shipping Company giganti, Frantsiyaning CMA CGM va Daniyaning  AP Moller-Maersk kompaniyalari xavfsizlik nuqtai nazaridan Qizil dengiz orqali safarlarini toʻxtatdi. Britaniyaning BP neftʻ kompaniyasi ham dushanba kuni ushbu suvlarni aylanib oʻtishini maʻʻlum qildi.

Mavzuga aloqador