19.07.2025 08:13
103

AQSh "Musulmon birodarlar" harakatini qora roʻyxatiga kiritmoqchi


Senator Ted Kruz va AQShdagi Respublikachilar partiyasi vakillari "Musulmonlar birodarlar" harakatini terroristik tashkilotlar roʻyxatiga kiritish tashabbusi bilan chiqdi.

2025 yil 17 iyulda Senatga tegishli oʻzgartish loyihasi kiritilgan. Hujjatga koʻra, faqatgina tashkilotni “qora roʻyxat”ga kiritish emas, balki unga nisbatan yangi milliy strategiya ishlab chiqish ham koʻzda tutilgan. Ted Kruz oʻz tashabbusini "Musulmon birodarlar" harakatining AQSh va uning ittifoqchilari uchun tahdid ekani bilan izohlagan.

Ayni paytda bu kabi qonun loyihasi AQSh Kongressining quyi palatasida ham koʻrib chiqilmoqda.

Mavzuga aloqador