02.10.2025 16:11
60
AQSh Kievga Rossiyaga oid razvedka maъlumotlarini taqdim etadi
Tramp maъmuriyati chegaradan uzoqda joylashgan Rossiya energetika infratuzilmasiga uzoq masofali raketalar bilan zarba berishi uchun Ukrainaga razvedka maъlumotlarini topshirishga rozi boʻldi. Bu haqda The Wall Street Journal nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, bu kelishuv AQSh prezidenti maъmuriyati Ukrainani uzoq masofaga uchuvchi qurollar bilan taъminlash masalasini koʻrib chiqayotgan bir paytga toʻgʻri kelmoqda.
Nashr tahliliga koʻra, ushbu yangilik Ukraina tomonidan Rossiyaning neftni qayta ishlash zavodlari, quvurlar, elektr stantsiyalari va boshqa infratuzilmalarga zarba berishni osonlashtiradi.
WSJ maъlumotlariga koʻra, AQSh NATO ittifoqchilaridan Ukrainaga ham xuddi shunday yordam koʻrsatishni soʻragan.