04.04.2024 12:27

AQSh Isroilga 18 milliard dollarlik qurol etkazib bermoqchi

AQSh prezidenti Jo Bayden maʻʻmuriyati Isroilga qurol-yarogʻ etkazib berishni koʻpaytirish va 18 milliard dollarlik yordam paketini ajratishni rejalashtirmoqda. Ushbu yordam Boeing kompaniyasining 25 dona F-15 samolyotini oʻz ichiga oladi. Qaror tasdiqlansa, Tel-Aviv arsenalidagi samolyotlar umumiy sonini 50 taga etkazish imkoniga ega boʻladi.

AQSh prezidenti Jo Bayden maʻʻmuriyati Isroilga qurol-yarogʻ etkazib berishni koʻpaytirishni va 18 milliard dollarlik yordam paketini ajratishni rejalashtirmoqda. Ushbu yordam Boeing kompaniyasining 25 dona F-15 samolyotini oʻz ichiga oladi, deb xabar bermoqda Reuters manbalariga tayanib.

Isroilning qiruvchi samolyotlar soʻrovi AQSh rasmiy soʻrovni olgan 2023 yil yanvaridan beri koʻrib chiqilmoqda. Ushbu savdo Tel-Avivga arsenalidagi samolyotlar umumiy sonini 50 taga etkazish imkonini beradi.

Agentlik manbalaridan biri Bayden maʻʻmuriyati Isroil iltimosini qoʻllab-quvvatlaganini aytdi. Respublikachilar palatasi spikeri Maykl Makkol ham Tel-Avivga samolyot etkazib berishni qoʻllab-quvvatlashini aytdi.

"Maʻʻmuriyat va Kongress oʻrtasida F-15 masalasi boʻyicha munozaralar allaqachon boʻlib oʻtgan", - dedi manbalar nashrga. Agentlikning qayd etishicha, samolyot etkazib berishni tezlashtirish oʻtgan hafta Vashingtonga tashrif buyurib, AQSh rasmiylari bilan muzokaralar oʻtkazgan Isroil mudofaa vaziri Yoav Galantning asosiy talablaridan biri boʻlgan.

Reuters manbalaridan biri samolyotlar etkazib berilishi mumkin boʻlgan eng erta vaqt 2029 yil boʻlishini hamda ushbu rasmiy xabar Kongressga zudlik bilan yuborilib, darhol tasdiqlanishini nazarda tutishini maʻʻlmu qilgan.

Yordam ajratish toʻgʻrisidagi  qaror AQSh prezidenti Jo Baydenning obroʻsiga yanada putur etkazishi mumkin. Siyosatchi xorijlik hamkorlar, inson huquqlari guruhlari va Kongressdagi demokrat hamkasblari tomonidan Isroilning Gʻazo sektoridagi hujumini cheklash uchun qurol-yarogʻ etkazish shartlarini kuchaytirish borasida bosimga duch kelmoqda.

Isroil esa HAMASga qarshi davom etayotgan kurashi va Livandagi Hizbulloh guruhi bilan janglari uchun oʻzining jangovar harbiy samolyotlar parkini kuchaytirishga intilmoqda.

AQSh qonunchiligi Kongressni xorijiy harbiy texnikani sotish boʻyicha yirik kelishuvlar haqida xabardor qilishni talab etadi. Qonunchilar, shuningdek, inson huquqlari buzilishi yoki boshqa xavotirlarga asoslanib bunday savdolarni bloklash huquqiga ega.

Mavzuga aloqador