07.12.2023 16:45

AQSh Isroil armiyasiga 10 ming tonnadan ortiq qurol yubordi

AQSh Isroilga Gʻazo sektorida bosqinchilik urushini boshlagan 7 oktyabrdan bugunga qadar 200 ta yuk samolyoti orqali Isroil armiyasiga 10 ming tonnadan ortiq qurol-aslaha joʻnatganini maʻʻlum qildi, deya xabar bermoqda TRT Haber.

Isroil Mudofaa vazirligining yozma bayonotida AQShdan Isroil armiyasi uchun qurol-aslahalar ortilgan 200- yuk samolyoti mamlakatga etib kelganini bildirdi.

Bayonotda Isroil Mudofaa vazirligiga qarashli AQSh taʻʻminot missiyasining saʻʻy-harakatlari bilan amalga oshirilgan yuklarning "katta ahamiyatga ega" ekanligi taʻʻkidlandi.

Bu doirada "Gʻazoda urush boshlangan 7 oktyabrdan  bugungi kunga qadar Isroil armiyasiga 10 ming tonnadan ortiq harbiy texnika joʻnatilgan" aytilgan bayonotda ushbu yordam zirhli transport vositalari, qurol-yarogʻlar, oʻq-dorilar, shaxsiy himoya vositalari, tibbiy taʻʻminot va boshqalarni oʻz ichiga olishi qayd etilgan.

Avvalroq AQShning Isroilga 15 mingga yaqin bomba va 57 ming artilleriya snaryadini etkazib bergani haqida xabar qilingan edi. Ular orasida ulkan bunkerlarni yoʻq qilishga moʻljallangan qariyb bir tonnalik bombalar ham bor.

Eslatib oʻtamiz, dekabrʻ oyi boshida AQSh prezidenti Jo Bayden Kongresdan Isroil mudofaasini kuchaytirish uchun 14,3 milliard dollar soʻragan edi. Bu yordamning 4 milliard dollari raketaga qarshi mudofaa qobiliyatini oshirishga, 1,2 milliard dollari esa "Temir qalqon" havo mudofaa tizimini rivojlantirishga yoʻnaltiriladi.

Mavzuga aloqador