27.06.2025 15:16
92

AQSh Eronga yadroviy quroldan voz kechsa pul bermoqchi



AQSh Prezidenti Donalьd Tramp maъmuriyati Eron uranni boyitish va yadroviy bomba yaratishdan voz kechsa, unga 30 milliard dollar miqdorida yordam puli ajratishni muhokama qilyapti. 

CNN'ning xabar berishicha, ushbu mablagʻlar Eronning tinch yadroviy dasturini rivojlantirish uchun moʻljallangan boʻlib, pullar AQSh hisobidan emas, balki arab davlatlaridan keladi.

Tramp maъmuriyati faqat milliardlab dollarlik investitsiyalar bilan cheklanib qolmay, Eronga nisbatan qoʻllanilgan ayrim sanktsiyalarni ham bekor qilishi mumkin. 

Oldinroq, Eron prezidenti Masъud Pezeshkiyon misrlik mavqedoshi Abdulfattoh as-Sisining xuddi shunday taklifiga javoban, fors davlati yadroviy va hatto oddiy qurollardan ham voz kechishga tayyorligini aytgandi. Faqat buning uchun AQSh "Isroil"ni Eronga qoʻshib berishi kerak.

Mavzuga aloqador