30.01.2024 11:10

AQSh Amerika bazasiga qilingan hujumga "bir necha daraja va bosqichlarda" javob bermoqchi

AQSh Suriya‑Iordaniya chegarasidagi Amerika bazasiga dron orqali hujum natijasida uch askarining halok boʻlgani, 30 nafardan ziyodi jarohatlanganiga javoban “koʻp darajali va uzoq muddatli” qasos olishini maʻʻlum qildi.

AQSh Suriya-Iordaniya chegarasidagi Amerika bazasiga qilingan hujumlarga javob qaytaradi va javob koʻp qatlamli hamda uzoq muddatli boʻladi. Bu haqda dushanba kuni AQSh davlat kotibi Entoni Blinken maʻʻlum qildi.

Blinken Vashington bunday hujumlar takrorlanmasligi uchun barcha choralarni koʻrganini qayd etdi. Jo Bayden maʻʻmuriyati harbiy javob variantlarini oʻrganib chiqmoqda, dedi u.

"Kecha prezident aytganidek, biz (bu hujumga) javob beramiz va bu javob koʻp darajali, bosqichma-bosqich va uzoq vaqt davomida boʻladi", dedi davlat kotibi.

Avvalroq AQSh prezidenti Jo Bayden Iordaniyadagi Suriya chegarasi yaqinida dron hujumi oqibatida 3 nafar amerikalik harbiy halok boʻlgani va 25 nafari yaralanganini maʻʻlum qilgandi.

Mavzuga aloqador