Frantsiyada musulmon litseylarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashni qisqartirish qarori «kamsitish» deb baholandi
Frantsiyadagi muxolifat mamlakatdagi musulmon talabalar taʻʻlim olayotgan etakchi taʻʻlim muassasalaridan biri boʻlgan Averroes (Ibni Rushd) litseyi bilan davlat shartnomasining bekor qilinishi “islomga qarshi” va «kamsituvchi» qaror ekanini taʻʻkidladi.
Frantsiyaning Le Figaro
nashri xabariga koʻra, "Matonatli Frantsiya" (LFI) muxolifat partiyasi aʻʻzosi Polʻ
Vannʻe Averroes litseyini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash toʻxtatilganini
qoralagan.
Vannʻe
Frantsiyaning O-de-Frans
viloyati gubernatori tomonidan Lilldagi litsey boʻyicha qabul qilingan qaror boshqa
xususiy litseylarga nisbatan tatbiq
etilmaganini taʻʻkidladi.
“Bu dahshatli ikki tomonlama standart. Agar bu litseyda tuzatish
kerak boʻlgan narsa boʻlsa, uni toʻgʻrilash kerak”, - dedi u.
Avvalroq Frantsiyaning O-de-Frans viloyati gubernatori maʻʻmuriyati Averroens xususiy
litseyi bilan tuzilgan hukumat shartnomasini bekor qilishga qaror qilgan edi.
Viloyat rahbariyati bu qarorni litseyda berilayotgan taʻʻlim Frantsiya Milliy
taʻʻlim vazirligi oʻquv dasturining “manba va mazmun” boʻyicha kutganlariga “toʻliq
javob bermasligi” bilan izohladi.
Litsey 2003 yilda oʻz faoliyatini boshlagan va roʻmol oʻrashi
sababli boshqa taʻʻlim muassasalariga bora olmagan musulmonlar uchun birinchi boʻlib
oʻz eshiklarini ochgan.
Yillar davomida oʻquvchilar soni ortib borayotgan litsey bilan
bir qatorda 2012 yilda Averroes oʻrta maktabi ham ish boshladi. Bugungi kunda
Averroes oʻrta maktabi va litseyida 800 dan ortiq oʻquvchi tahsil olmoqda.