15.02.2025 14:25
Amerikalik diplomat arab davlatlarini loqaydlikda aybladi
AQSh davlat kotibi Marko Rubio arab davlatlarini Gʻazo boʻyicha oʻz echimlarini taklif qilishga chaqirib, ularni loqaydlik va befarqlikda aybladi.
«Agar arab davlatlari gʻazoliklarni sektordan chiqarib yuborishga qarshi boʻlsa, aniq bir muqobil taklif taqdim etishi kerak», degan diplomat.
Rubio Saudiya Arabistoni, BAA va Isroil rahbarlari bilan bu masalani muhokama qilish uchun Yaqin Sharqqa safar qilishni koʻzlamoqda.
Maъlumot uchun, Vashingtonda hozircha yagona aniq taklif sifatida Trampning rejasi koʻrilmoqda. Unda Gʻazo aholisini oʻz vatanidan chiqarib yuborish nazarda tutilgan.
Oldinroq, Misr Tramp taklifini rad etib, Gʻazo tiklanishi boʻyicha oʻz tashabbusi ustida ish olib borayotganini bildirgandi.