Oʻzbekiston prezidenti EOIIning yubiley sammitida ishtirok etib, Oʻzbekiston amaliy hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanini taʻʻkidladi. U agrosanoat, «yashil» texnologiyalar, mehnat migrantlari uchun sharoitlar yaratish va turizm yoʻnalishlarida hamkorlikni kengaytirish zarurligini qayd etdi.
Shavkat Mirziyoev 8 may kuni Moskva shahrida kuzatuvchi davlat rahbari sifatida Oliy Evrosiyo iqtisodiy kengashining yubiley majlisida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.
Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan raisligida oʻtgan uchrashuvda prezidentlar Aleksandr Lukashenko (Belarusʻ), Qosim-Jomart Toqaev (Qozogʻiston), Sadir Japarov (Qirgʻiziston), Vladimir Putin (Rossiya), kuzatuvchi davlat rahbari sifatida Migelʻ Dias-Kanelʻ (Kuba), Evrosiyo iqtisodiy komissiyasi hayʻʻati raisi Bakitjan Sagintaev hamda mehmon sifatida MDH bosh kotibi Sergey Lebedev qatnashdi.
Kun tartibiga muvofiq, koʻp tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, sanoat kooperatsiyasi loyihalarini qoʻllab-quvvatlash, ustuvor yoʻnalishlarda qoʻshma dasturlarni amalga oshirishning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.
Oʻzbekiston rahbari soʻzining avvalida Vladimir Putinni Rossiya prezidenti lavozimiga kirishgani bilan tabrikladi. Yigʻilishning barcha ishtirokchilarini Ikkinchi jahon urushidagi Gʻalabaning 79 yilligi va Evrosiyo iqtisodiy ittifoqi taʻʻsis etilganining oʻn yilligi bilan qutladi.
Uning taʻʻkidlashicha, bugungi sharoitda mamlakatlar savdo-iqtisodiy aloqalarini qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish, sanoat kooperatsiyasi loyihalarini ilgari surish va toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar oʻsishi uchun sharoit yaratish birinchi darajali ahamiyatga ega. Oʻtgan oyda Toshkentda oʻtgan «Innoprom» anʻʻanaviy xalqaro koʻrgazmasi shunday hamkorlikka ijobiy misol sifatida qayd etildi.
«Bugun ushbu forum Oʻzbekistonning Rossiya va Evrosiyo iqtisodiy ittifoqidagi boshqa davlatlar bilan biznes muloqotini rivojlantirish uchun samarali platformaga aylandi», — dedi prezident.
Ushbu maydonni kengaytirish, boshqa hamkor mamlakatlar, shu jumladan, Kuba, Eron, Misr, Birlashgan Arab Amirliklari, Moʻgʻuliston, Vʻetnam va Indoneziya kabi davlatlardan ham kompaniyalarni jalb qilish niyati bildirildi.
Oʻzbekistonning kuzatuvchi sifatida EOII bilan hamkorligi haqida soʻz yuritar ekan, davlat rahbari oʻzaro tovar ayirboshlash hajmi, eng avvalo, sanoat mahsulotlarini etkazib berishni koʻpaytirish hisobidan oshganini taʻʻkidladi.
Shu bilan birga, oʻzaro hisob-kitoblarni milliy valyutalarda amalga oshirish ulushi ortmoqda. Mingdan ziyod qoʻshma korxona va loyihalar ishga tushirildi. Yuk tashish hajmi oʻsmoqda, muntazam aviaqatnovlar soni ikki barobarga koʻpaydi. Oʻzbekiston savdo va yuk tashishni raqamlashtirish, elektron tijorat, iqlim kun tartibiga oid loyiha va dasturlarga qoʻshildi.
Shavkat Mirziyoev EOII bilan oʻzaro manfaatli hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlariga alohida toʻxtaldi. U Oʻzbekiston amaliy hamkorlikni kengaytirib, EOIIni rivojlantirish boʻyicha strategik yoʻnalishlar doirasidagi sohaviy sheriklikning koʻp tomonlama loyihalarini amalga oshirishda faol ishtirok etishdan manfaatdor ekanini taʻʻkidladi.
Bu borada Oʻzbekiston hukumati va Evrosiyo iqtisodiy komissiyasi oʻrtasida oʻrta muddatli istiqbolga moʻljallangan qoʻshma tadbirlarning yangi kompleks rejasini tayyorlash taklif qilindi.
«Ishonamizki, kuzatuvchi davlatlarning loyihalarda toʻlaqonli ishtirok etishi masalalarini tartibga soladigan mexanizmning tez fursatda qabul qilinishi ushbu hujjatning samarali amalga oshirilishiga xizmat qiladi», — dedi Oʻzbekiston etakchisi.
EOII mamlakatlari bilan savdodagi toʻsiq va cheklovlarni oʻzaro bartaraf etishga tayyorlik bildirildi. Shu munosabat bilan Oʻzbekiston 2009 yildagi Tovarlarning kelib chiqish mamlakatini aniqlash qoidalariga qoʻshilish jarayonini boshladi.
Prezidentning taʻʻkidlashicha, bojxona chegaralari orqali harakatlanayotgan tovarlar va transport vositalari toʻgʻrisidagi maʻʻlumotlarni elektron almashish, sanitariya, fitosanitariya va veterinariya nazorati axborot tizimlarini integratsiya qilish, texnik tartibga solish choralarini bir xillashtirish rejasini qabul qilish va elektron sertifikatlashtirish bu borada aniq amaliy qadamlar

Mavzuga aloqador