13.04.2024 11:26

AFP: AQSh Eron hujumi ehtimoli sababli Yaqin Sharqqa qoʻshinlarini joylashtirmoqda

AQSh Yaqin Sharqdagi Amerika qoʻshinlarini Eronning ehtimoliy hujumlaridan himoya qilish maqsadida mintaqaga qoʻshimcha kuchlarni yubormoqda.

AQSh Eronning Isroilga keng koʻlamli ehtimoliy hujumi sababli Yaqin Sharqqa qoʻshimcha harbiy kuchlarni oʻtkazmoqda, deb xabar bermoqda AFP.

Ushbu kuchlar tarkibidan dengiz floti, dengiz piyodalari va maxsus kuchlar oʻrin egallaydi.

Bundan tashqari, hozirda Qizil dengizda USS Dwight Eisenhower uchoq tashuvchi kemalari hamda USS Carney, USS Laboon i USS Thomas Hudner harbiy kemalari hamda Ohio toifasidagi atom suv osti kemasi mavjud.

Avvalroq Eron arab davlatlari orqali AQShni Isroil bilan bogʻliq vaziyatga aralashsa, Amerikaning mintaqadagi harbiy bazalariga hujum qilish bilan ogohlantirgani haqida xabar bergan edik. Oʻz navbatida, Jo Bayden Tehron muvaffaqiyatga erisha olmasligini aytdi.

Mavzuga aloqador