10.07.2025 08:12
105

ADL bosh kotibi xalqaro hamjamiyatni islomofobiyaga qarshi jiddiy chora koʻrishga chaqirdi


Arab davlatlari ligasi (ADL) bosh kotibi Ahmad Abu al-Gʻayt xalqaro hamjamiyatni islomofobiyaga qarshi kurashni kuchaytirishga chaqirdi, deb xabar beradi Arab News.

Bu bayonot seshanba kuni Qohirada boʻlib oʻtayotgan Islomga nisbatan toqatsizlikka qarshi xalqaro konferentsiyada yangragan.

Abu al-Gʻayt islomofobiyani tinchlik, hamjihatlik, oʻzaro hurmat hamda qadriyatlarni paymol qiluvchi xatarli va ommalashib borayotgan illat deb atagan.

Unga koʻra, islomofobiyaning kelib chiqishi – yolgʻon targʻibot, gʻarb jamiyatida Islom asoslari haqidagi etarli bilimning yoʻqligi hamda uni terrorizm bilan notoʻgʻri bogʻlash bilan bogʻliq.

Bosh kotib OAVni voqealarni bir tomonlama yoritishda ayblab, bu holat salbiy stereotiplarni tarqatishi, ekstremistik kayfiyatni kuchaytirishi va diniy hamda milliy jamoalar oʻrtasida boʻlinishga olib kelishini aytib oʻtdi.

Qohiradagi konferentsiyada Arab davlatlari ligasi, Islom taъlim, fan va madaniyat boʻyicha jahon tashkiloti, Al-Azhar universiteti, bir necha nasroniy tashkilotlar va arab dunyosi mamlakatlari vakillari ishtirok etgan.

Mavzuga aloqador