Aden koʻrfazida AQSh “spetsnazchi”lari jasadlari topildi
Amerika harbiylari Aden koʻrfazida sirli sharoitda halok boʻlgan harbiy dengiz kuchlari askarlari oʻlim tafsilotlarini aniqlashga harakat qilmoqda. Ular Erondan qurol tashilayotgani taxmin qilingan kemani tekshirishga yuborilgan edi.
AQSh
qoʻmondonligi Erondan qurol olib ketayotgani taxmin qilinayotgan kemani tekshirishga
urinayotganda suvga qulab tushgan ikki nafar maxsus boʻlinma askarlarining halok
boʻlganini tan oldi.
Vashington
favqulodda vaziyatga xavfsizlik kuchlarini kuchli toʻlqin surib yuborishini sabab
qilib keltirgan. Qayd etilishicha, yoʻqolgan maxsus boʻlinma askarlarini qidirish 10
kun davom etgan.
Taʻʻkidlash
joizki, soʻnggi bir necha hafta ichida Yamanning "Ansoralloh" harakati (husiylar)
Isroilning Gʻazo sektoridagi harbiy operatsiyasiga javoban AQSh va Isroil
kemalariga bir necha bor hujum uyushtirgan edi.