04.02.2025 09:04
348

Abbos rejimi Gʻazo ustidan nazoratni oʻz qoʻliga olmoqchi



4 fevralʻ, Yaqin Sharq – Falastin maʻʻmuriyati (PA) Gʻazo ustidan nazoratni qoʻlga kiritish uchun Hamasga qarshi harakat qilishga tayyor ekanini Qoʻshma Shtatlarga maʻʻlum qildi. Reuters agentligining xabar berishicha, sektorni maxsus qoʻmita orqali boshqarish rejalashtirilgan.

Abbos maʻʻmuriyati rejasi

Maʻʻlumotlarga koʻra, PAning yuqori lavozimli rasmiysi Husayn al-Shayx AQSh vakillariga ushbu rejani taqdim etgan. Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodda boʻlib oʻtgan uchrashuvda Trampning maxsus vakili Stiv Vitkoff ham ishtirok etgan.

Rejaga koʻra, Gʻazo sektori maʻʻmuriyatini AQSh fuqarosi va Falastin maʻʻmuriyati Bosh vazir oʻrinbosari Ziyod Abu Amr boshqaradi. U 2014 yildagi Gʻazo urushida sektorni qayta tiklash uchun mablagʻ ajratilishiga qarshi chiqqan shaxs sifatida tanilgan.

Amerika maʻʻmuriyati Abbos rejimi kuchlarining HAMASga qarshi kurasha olishiga ishonchsizlik bildirib, Abbosga tashqi harbiy yordam kerakligini taʻʻkidlamoqda.

Bundan tashqari, Donalʻd Tramp uning Falastin maʻʻmuriyati bilan toʻgʻridan-toʻgʻri munosabatlari yoʻqligi Abbos rahbariyatini tashvishga solmoqda.

Dekabrʻ oyidan beri Abbos maʻʻmuriyati kuchlari Jenin qochqinlar lagerida Falastin qarshilik jangchilariga qarshi hujumlarni kuchaytirgan. 

Mavzuga aloqador