25.12.2023 14:30

24 davlatdan 7 mingdan ziyod muhojir Meksika janubidan AQShga yoʻlga chiqdi

24 mamlakatdan minglab muhojirlar Meksika janubidan AQShga yoʻl olishdi.

Meksika janubidagi Chiapas shtatining Tapachula shahridan 24 davlatdan minglab odamlar “Qashshoqlikdan qutulish” shiori ostida AQShga piyoda yoʻl oldi, deya xabar qildi La Jornada nashri.

Ular orasida Gvatemala, Gonduras, Salʻvador, Nikaragua, Braziliya, Kolumbiya, Peru, Venesuela, Ekvador, Kuba, Gaiti, Dominikan Respublikasi, Pokiston, Bangladesh, Xitoy, Hindiston va boshqalardan kelgan muhojirlar bor.

Qayd etilishicha, AQSh davlat kotibi Entoni Blinken, ichki xavfsizlik kotibi Alejandro Mayorkas va milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchi Liz Shervud-Rendall chorshanba kuni Meksika prezidenti Andres Manuel Lopes Obrador bilan ushbu masalani muhokama qilish uchun Mexiko shahrida uchrashadi.

Avvalroq CBS telekanali federal hukumatdagi manbalariga tayanib, oʻtgan haftaning besh kunida qariyb 50 ming noqonuniy muhojir AQShga kirib kelganini maʻʻlum qilgan edi.

 

Mavzuga aloqador