28.12.2023 17:54

2023 yilda Meksikadan AQShga oʻtmoqchi boʻlgan muhojirlar soni 2,2 mln nafardan oshdi

AQShga oʻtishni xohlovchi  tartibsiz immigrantlar Meksika-AQSh chegarasi yaqinidagi shaharlarda kutishda davom etmoqda.

Xalqaro Migratsiya Tashkiloti (XMT) maʻʻlumotlariga koʻra, 2023 yilning yanvarʻ-noyabrʻ oylarida 2 mln 240 mingdan ortiq kishi Meksika orqali AQShga oʻtish uchun chegaraga kelgan boʻlsa, bu raqam 2022 yilda 2 mln 326 ming, 2021 yilda 1 mln 856 ming boʻlgan.

Meksika Milliy Migratsiya Instituti (INM) maʻʻlumotlariga koʻra, bu muhojirlar asosan Gvatemala, Gonduras, Salʻvador, Gaiti, Venesuela, Kolumbiya, Ekvador, Pokiston, Xitoy va turli Afrika mamlakatlariga tegishli.

INM mamlakatda tartibsiz muhojirlarni qonuniylashtirish uchun 431 ming kishi roʻyxatga olingani va jarayon davom etayotganini maʻʻlum qildi.

Meksikada joylashgan El Economista sayti xabariga koʻra, 2014 yilda 153, 2015 yilda 148, 2016 yilda 254, 2017 yilda 245, 2018 yilda 596, 2019 yilda 854, 2020 yilda 798 kishi, 2021 yilda 1249, 2022 yilda esa 1560 muhojir AQShga borish yoʻlida halok boʻlgan yoki bedarak yoʻqolgan.

Bu muhojirlar AQShga etib borishi uchun odam kontrabandachilariga maʻʻlum miqdorda toʻlov toʻlashadi, ammo bunga qodir boʻlmaganlar haftalab piyoda yurishga majbur boʻlishadi, shuningdek, zoʻravonlik va kamsitishlarga duch kelishadi.

XMT tomonidan 12 sentyabrda eʻʻlon qilingan hisobotda Meksika-AQSh yoʻnalishi "dunyodagi eng xavfli quruqlik migratsiya yoʻli" sifatida qayd etilgan.

Tartibsiz muhojirlar jinoiy guruhlarga toʻlagan haq evaziga AQShga etib borish orzularini amalga oshirish uchun daryolarda avtobuslar, yuk mashinalari, yuk poezdlari va qayiqlardan foydalanishadi.

Ichki organlar savdogarlari, narkotika mafiyalari va jinoiy tashkilotlarning tahdidlariga qaramay, AQSh orzusidan voz kechmagan tartibsiz muhojirlar AQSh chegarasiga etguncha turli kasalliklarga ham chalinmoqda.

Boshqa tomondan, Meksikaning Tapachula, Chiapas, Nuevo Leon va Morelos shaharlarida kutayotgan minglab muhojirlar AQShga qonuniy yoʻl bilan oʻtish uchun oylar davomida koʻplab kam maoshli ishlarda ishlashga majbur boʻlmoqda.

Mavzuga aloqador