Livan: Qurbonlar, raqamlar, bayonotlar
Livan soʻnggi 24 soat ichida havodan va quruqlikdan Isroil hujumlariga uchradi. Bu hujumlar natijasida 34 kishi, jumladan, 28 nafar tibbiyot xodimi halok boʻldi, 151 kishi jarohatlandi. Isroil tomonidan ham qurbonlar bor. Jumladan, ijtimoiy tarmoqlarda Gʻazoda oʻldirish uchun bolalarni izlayotgani, 12 yoshli qizni oʻldirganini maqtangan bosqinchi yoʻq qilingani rasman tan olindi.
Isroil
armiyasining soʻnggi 24 soat ichida Livanga uyushtirgan hujumlari natijasida 37 kishi
halok boʻldi, 151 kishi yaralandi. Livan Sogʻliqni saqlash vazirligi Isroilning
mamlakatning turli hududlariga bergan zarbalari natijasida qurbon boʻlganlar
haqida maʻʻlumot berdi.
Livan
sogʻliqni saqlash vaziri Firas al-Abyad poytaxt Bayrut sharqidagi Baabda davlat
kasalxonasida uyushtirgan matbuot anjumanida 2023 yil 8 oktyabrdan beri Livanda
Isroil hujumlaridan 1974 kishi, jumladan 127 bola halok boʻlganini va 9384 kishi
jarohatlanganini bildirdi.
Isroil
hujumlarida 40 nafar sogʻliqni saqlash va birinchi yordam xodimi ham hayotdan koʻz
yumganini maʻʻlum qilgan Ebyad koʻplab tibbiyot markazlari zarar koʻrganini taʻʻkidladi.
Shuningdek,
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Adhanom Gebreesus
JSSTning haftalik matbuot anjumanida birgina soʻnggi 24 soat ichida Livandagi
Isroil hujumlarida 28 nafar tibbiyot xodimi halok boʻlganini maʻʻlum qildi.
2023 yil
7 oktyabrdan buyon Isroil hujumi ostida boʻlgan Gʻazoda 42 mingga yaqin odam, ishgʻol
ostidagi Gʻarbiy Sohilda esa 700 dan ortiq odam halok boʻlganini tilga olgan Gebreesus
“Gʻazoda 10 mingdan ortiq odam hamon bedarak yoʻqolgani, 1,9 million kishi
uy-joyini tark etganini” qoʻshimcha qildi.
Isroil
armiyasi kecha Livan poytaxti Beyrutda 15 xil nuqtaga havo hujumi uyushtirganini
maʻʻlum qildi. Isroil armiyasi oxirgi kunlarda Livan janubi, shuningdek, sharqdagi
Bekaa vodiysi va Bayrut janubidagi Dahiya tumaniga hujumlarni kuchaytirgan.
Xususan, Isroilning
Bayrutga bergan havo hujumida Hizbullohning yangi rahbari Hoshim Sayfuddin, yuqori
martabali amaldorlari va Eron Inqilobiy Gvardiyasining Quds kuchlaridagi koʻplab
zobitlar nishonga olingani xabar qilindi.
Oʻz navbatida,
Hizbullohning Isroil chegarasida quruqlikdan hujum qilayotgan bosqinchilardan eng
kamida 17 tasin oʻldirilganini bildirdi. Jumladan, ijtimoiy tarmoqlarda Gʻazoda “goʻdaklarni
izlayapmiz, lekin goʻdaklar qolmabdi, 12 yoshli bir qizni oʻldirdim, lekin goʻdak
izlayapmiz”, deb chiqqan isroillik askar yoʻq qilingani rasman tasdiqlandi.