Hayit xursandchilikdir
Foto: “Gazeta.uz”
Hanafiy mazhabi boʻyicha hayit namozi vojibdir. Ramazon hayiti namoziga kelishdan oldin taom eyish, misvok va gʻusl qilish, xushboʻy atir sepish, eng yaxshi kiyimlarni kiyish va namoz vaqtigacha sadaqai fitrni berish sunnat amallardandir. Masjidga kelgandan soʻng bomdod namozi ado etiladi. Bomdod namozidan keyin masjidga kelganlar esa hayit namozi oʻqilguniga qadar nafl namozi oʻqimaydilar.
Paygʻambar (sollallohu alayhi va sallam) marhamat qilganlar:
“Hayit namozi oʻqiladigan kuni shayton “dod” deb yuboradi. Shogirdlari: “Ustoz,
sizni kim xafa qildi”, deb qayta-qayta soʻrashsa ham toʻxtamay yigʻlayveradi. Oxiri
yigʻisining boisini aytadi: “Bir yil harakat qilib, Odam bolalarini yoʻldan urib,
ularga turli gunohlarni qildirgandim,
bari kuyib ketdi. Bir oy tutgan roʻzasi hurmatiga Alloh ularning barcha
gunohlarini kechirib yubordi”, deb javob beradi.
Hayit musulmonlarning aziz bayrami boʻlgani uchun bu ayyom shodu
xurramlik, xursandchilik qilinadigan, keksalar, ota-ona, qarindoshlar ziyorat
etiladigan, bemorlar holidan xabar olinadigan, zakot va xayr-ehson ulashiladigan
kundir.
Jobir ibn Abdullohdan (roziyallohu anhu) rivoyat qilingan
hadisda Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): “Kim bir musulmonning dunyo
qaygʻularidan birini ketkazsa, Alloh uning Qiyomat kunidagi qaygʻularidan birini
ketkazadi. Kim dunyoda bir qiynalgan birodarining ogʻirini engil qilsa, Alloh
taolo uning Qiyomatdagi ogʻirini engil qiladi. Qaysi bir banda boshqa bir bandaga
yordam qilsa, Alloh taolo unga ham yordam koʻrsatadi”, deganlar (Termiziy
rivoyati).
Hayit arafasida koʻni-qoʻshnilarga mehr-muruvvat koʻrsatish bilan
birga moddiy yordamga muhtoj kishilar, yaʻʻni kam taʻʻminlangan oilalarga xayr-ehson
qilinsa, ularning xonadonlariga ham bayram shukuhi kirib kelgan boʻladi.
Hayit kunlari duolar qabul qilinadigan kundir. Bu kunda koʻp
joylarda odamlar urf qilib, toʻp-toʻp boʻlib qabristonga, azador xonadonlarga
borishadi, yigʻi-sigʻi qiladigan ayollar ham bor. Bu ish sharʻʻan durust emas, lekin
shunday joylarga bormasangiz, azadorlarning baʻʻzilari hatto “kelmadi” deb xafa
ham boʻladi. Bunday nosharʻʻiy amallardan qaytaylik, oʻzimizni ortiqcha bidʻʻat
amallardan saqlaylik. Buning oʻrniga Allohning tinchlik, xotirjamlik kabi
neʻʻmatlariga shukr qilib, erta tongdan masjidga chiqsak, bomdod namozi va hayit
namozini jamoat bilan ado etib, koʻpchilik bilan qoʻllarimizni duoga ochsak,
qalbimizdagi istaklarimizni Yaratgandan soʻrasak, inshaalloh, buning savobi
oʻzimizga ham, bizdan umidvor boʻlib yotganlarga ham etib boradi.
Alloh taolo barchamizga Ramazon hayitini muborak qilsin. Bu
kunni bayram qilib, savobli amallarni koʻpaytirishni Yaratganning oʻzi nasib
aylasin. Yurtimiz tinchligini bardavom qilib, xotirjamlikda ibodat qilib borishni
hammamizga nasib etsin! Omin.