Foto: Oʻzbekiston musulmonlari idorasi

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Ramazon hayiti 10 aprelʻ, chorshanba kuniga toʻgʻri kelishi kutilayotganini maʻʻlum qildi.

Oʻzbekistonda 2024 yilgi Ramazon hayiti 10 aprelʻ, chorshanba kuniga toʻgʻri kelishi kutilmoqda. Bu haqda Musulmonlar idorasi matbuot xizmati xabar qildi.

Musulmonlar idorasi Ulamolar Kengashi fiqhiy qoidalar, falakiy hisob-kitoblar va astronomik kuzatishlarga tayangan holda joriy yilda diyorimizda Ramazon hayiti 2024 yil 10 aprelʻ, chorshanba kuniga toʻgʻri kelishi kutilayotganini maʻʻlum qildi, deyiladi xabarda.

Bunda dunyodagi yirik fatvo idoralari va nufuzli astronomiya institutlari axborotlari batafsil koʻrib chiqilgan, Turkiy davlatlar diniy idoralari masʻʻullari bilan ham ushbu masala keng muhokama qilingan.

Mavzuga aloqador