Qadr kechasining fazilatlari
U ming oydan yaxshiroq kechadir. Bu taxminan qamariy 83,3 yilga toʻgʻri keladi. Bu, shu muborak tunda qilingan ibodatlar shuncha yil davomida bajarilgan ibodat savobidan afzal, deganidir. Faraz qilaylik, bu muborak kechani bir marta topgan kishi shuncha yillik ibodatdan koʻra afzal savobga erishsa, uni bir necha marta topgan odam qanchalar ajrga erishar ekan-a?
Oʻtgan ummatlarning umri uzun boʻlganidan, ular juda koʻp
yaxshiliklar qilib, bisyor ajr-savobga erishganlari tarixdan maʻʻlum. Bu holatni
Paygʻambarimiz sollallohu alayhi va sallam bilgach, u zoti bobarakotga
ummatlarining umri juda qisqa koʻringan. Uzun umrli ummatlarga havaslari kelib,
ummatimning umri ham ularga oʻxshab uzun boʻlganida, albatta, bular ham koʻp
yaxshiliklar qilib, koʻplab yutuqlarga erishardilar, deb orzu qilganlarida, Alloh
taolo u zotga Laylatul qadrni ato qilib, bu kechada qilingan ibodatlarning
ajr-mukofoti oʻtgan ummatlarning ming oy davomida qilgan ibodatlari savobidan
afzaldir, degan.
Alloh subhonahu va taolo biz Muhammad alayhissalom
ummatlarini boshqa ummatlardan koʻplab xususiyatlar bilan fazilatli qildi. Bizga
rasullar va nabiylarning ichidan eng afzali va eng oxirgi paygʻambarini yubordi,
eng oxirgi Kitobi – Qurʻʻonni tushirdi hamda bizni eng yaxshi ummat deb atadi:
كنتم خير أمة أخرجت للناس
“(Ey musulmonlar!)
Odamlarga chiqarilgan (maʻʻlum boʻlgan) ummatning eng yaxshisi boʻldingiz” (Oli
Imron, 110-oyat ).
Laylatul qadr qanday kecha oʻzi? Alloh taolo bunday marhamat
qiladi:
إِنَّا أَنْزَلْنَاهُ فِي لَيْلَةِ الْقَدْرِ وَمَا أَدْرَاكَ مَا
لَيْلَةُ الْقَدْرِ لَيْلَةُ الْقَدْرِ خَيْرٌ مِنْ أَلْفِ شَهْرٍ تَنَزَّلُ الْمَلَائِكَةُ
وَالرُّوحُ فِيهَا بِإِذْنِ رَبِّهِمْ مِنْ كُلِّ أَمْرٍ سَلَامٌ هِيَ حَتَّى مَطْلَعِ
الْفَجْرِ
«Albatta, Biz uni (Qurʻʻonni «Lavhul mahfuz»dan birinchi
osmonga) Qadr kechasida nozil qildik. (Ey
Muhammad!) Qadr kechasi nima ekanini Sizga ne ham anglatur?! Qadr kechasi ming
oydan yaxshiroqdir. U (kecha)da farishtalar va Ruh (Jabroil) Parvardigorlarining
izni bilan (yil davomida qilinadigan) barcha ishlar (rejasi) bilan (osmondan
erga) tusharlar. U (kecha) to tong otgunicha salomatlikdir» (Qadr surasi).
Laylatul qadr – qadri ulugʻ kecha, degani. Bu tunda
beriladigan fazilatlarning qadri yuksakligi, uning qadr-qimmati ming oydan
ulugʻligi va bu kechada bandalarning bir yillik amallari oʻlchanib, rejalashtirilishidan
shunday nomlangan. Zero, farishtalar bu kechada kelgusi yilning shu kechasigacha
qilinadigan barcha ishlarni oʻlchab-hisoblab qoʻyadilar.
Surada zikr qilinganidek, bu kechada Qurʻʻoni karim nozil
qilingan. U ming oydan yaxshiroq kechadir. Bu taxminan, Laylatul Qadr kechasi ichida
boʻlmagan qamariy 83,3 yilga toʻgʻri keladi. Bu, shu muborak tunda qilingan
ibodatlar shuncha yil davomida bajarilgan ibodat savobidan afzal, deganidir.
Faraz qilaylik, bu muborak kechani bir marta topgan kishi shuncha yillik ibodatdan
koʻra afzal savobga erishsa, uni bir necha marta topgan odam qanchalar ajrga erishar
ekan-a? Bundan ortiq baxt bormi? Shu bois, Rasululloh sollallohu alayhi va
sallam bu muborak oyni intiqlik bilan kutar, uning yaqinlashayotganini sahobalarga
eslatib, tayyorgarlik koʻrishga chorlardilar. Ramazon kelgach, sahobalarni qutlab
muborakbod etardilar. Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Rajab oyi kirganida bunday duo qilar
edilar:
اللهم بارك لنا في رجب وشعبان وبلغنا رمضان
«Yo Alloh, bizga Rajab va Shaʻʻbonda baraka bergin hamda bizni
Ramazonga etkazgin» (Imom Bayhaqiy rivoyati).
Muallo ibn Fazl rahimahulloh aytadi: «Salafi solihlar
Ramazon kelmasidan olti oy oldin Allohdan bu oyga etkazishini soʻrab duo qilishar,
Ramazondan keyin esa, yana olti oy bu oydagi ibodatlarining maqbul boʻlishini
tilab iltijo etishar edi». Shunday qilib, u zotlar yil davomida bu muborak oy
haqida qaygʻurar ekanlar.
Bu kechada Jabroil alayhissalom boshchiligida farishtalar Alloh
taolo kelasi yilgacha taqdir qilgan bandalarning bir yillik ishlarini olib
tushadilar. Bu tun tong otguncha tinchlik-omonlik kechasidir. Bu muborak kechada
farishtalar moʻminlarga salom berishadi, bandalarning taqdiriga faqat
tinchlik-omonlik bitiladi.
عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْه عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى
اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَنْ يَقُمْ لَيْلَةَ الْقَدْرِ إِيمَانًا وَاحْتِسَابًا
غُفِرَ لَهُ مَا تَقَدَّمَ مِنْ ذَنْبِهِ. رَوَاهُ الْبخاري.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Paygʻambar
sollallohu alayhi va sallam: «Kim Qadr kechasini imon va ixlos bilan bedor
oʻtkazsa, uning oʻtgan gunohlari kechiriladi», dedilar. Demak, bu kechani namoz
oʻqish, Qurʻʻon tilovat qilish, duo, istigʻfor kabi ibodatlar bilan bedor oʻtkazish
kerak.
Taʻʻkidlash lozimki, Laylatul qadr kechasini bedor oʻtkazishdan
murod ibodat, zikru tasbeh, Qurʻʻon tilovati boʻlishi kerak, taomxoʻrlik, ziyofat,
bekorchi gap-soʻzlardan iborat emas. Avvalo, bu kechani qoim boʻlish uchun oʻsha
kechaning xufton va bomdod namozlarini jamoat bilan oʻqish maqsadga muvofiqdir.
Zero, hadisi sharifda xuftonni jamoat bilan ado qilgan kishi oʻsha kechaning yarmini,
bomdodni jamoat bilan oʻqigan odam oʻsha tunning qolgan qismini bedor oʻtkazibdi,
deyilgan.
Alomatlari
Qadr kechasi tongida quyosh koʻz qamashtirmaydigan darajada
yoqimli nur taratib chiqadi. Bu haqda Hasan ibn Ali roziyallohu anhu Paygʻambarimiz
sollallohu alayhi va sallamning shunday deganlarini rivoyat qiladi: “Qadr kechasi
oydin va yoqimli boʻlib, na issiq, na sovuq boʻladi. U kecha tongida quyosh nurlari
koʻz qamashtirmas darajada chiqadi”.
Yashirin ekanligi hikmatlari
1. Alloh taolo baʻʻzi narsalar qatorida Qadr kechasini ham
yashirin qoldirdi. Bandalari barcha ibodatlarga ragʻbat qilishlari uchun Rizosini
ibodatlarda, gunoh boʻlgan barcha ishlardan saqlanishlari uchun Gʻazabini
maʻʻsiyatlarda yashirdi. Insonlar tavbada bardavom boʻlishlari uchun tavba Qabulini
pinhon tutgani, hamisha tayyor turishlari uchun oʻlim vaqtini bildirmaganidek,
Ramazonning barcha kechalarini gʻanimat bilsinlar, deya ushbu kechani yashirin
qoldirdi.
2. Banda Qadr kechasining vaqtini aniq bilmagani uchun umid
bilan Ramazonning barcha kechalarida bedor boʻlishga gʻayrat qiladi. Alloh taolo bunday bandalari bilan
farishtalariga maqtanadi: “Sizlar, bandalarimni er yuzida fasod qilib, qon
toʻkishadi, der edingiz. Ammo, yashirilgan kecha uchun qanday gʻayrat qilayotganliklarini
koʻring! Agar men ularga Qadr kechasini aniq bildirganimda ularning gʻayratlari
qay holatda boʻlar edi?!” Bu holatda Baqara surasi 30-oyatidagi “Men sizlar
bilmagan narsani bilaman”, jumlasining hikmati
namoyon boʻladi.
* * *
Laylatul qadr duosi
Abdulloh ibn Burayda roziyallohu anhodan rivoyat qilingan
hadisi sharifda Oysha roziyallohu anho aytadilar: “Yo Rasululloh, men Qadr kechasini
topsam, nima deb duo qilaman, deya soʻradim”. U zot:
اللَّهُمَّ، إِنَّك عَفُوٌّ تُحِبّ الْعَفْو، فَاعْفُ عَنِّي
“Allohumma, innaka
ʻʻafuvvun tuhibbul ʻʻafva, faʻʻfu ʻʻanniy
Yo Alloh, Sen kechiruvchi Zotsan, kechirishni yaxshi koʻrasan,
mening (gunohlarim)ni afv et”, deb ayt”, dedilar (Imom Ahmad, Termiziy, Nasoiy
va Ibn Moja rivoyatlari).
Tolibjon QODIROV tayyorladi.