“Tolibon” turizmni rivojlantirmoqchi
Soʻnggi 2 yil ichida Afgʻonistonga tashrif buyuruvchi sayyohlar soni 10 barobar oshdi. Jumladan, 2021 yilda ushbu mamlakatga 691 nafar xorijiy sayyoh tashrif buyurgan boʻlsa, 2022 yilda bu koʻrsatkich 2 ming kishidan oshdi. Oʻtgan yili esa 7 mingga yaqin xorijlik tashrif buyurdi. Biroq turizmni rivojlantirish hali ham bir qator toʻsiqlarga duch kelmoqda. “Tolibon” ushbu toʻsiqlarni bartaraf etishga vaʻʻda berdi.
2021 yilda Afgʻonistonga 691 nafar xorijiy sayyoh tashrif buyurdi. 2022 yilda bu koʻrsatkich 2 ming kishidan oshdi. Oʻtgan yili esa mazkur mamlakatga 7 mingga yaqin xorijlik tashrif buyurdi. Xorijiy sayyohlar sonining ortishiga mamlakatdagi notinchlikning kamayishi va havo qatnovining kengayishi sabab boʻlmoqda.
Kobul sayyohlik boshqarmasi rahbari Muhammad Said Britaniyaning Independent nashriga chet ellik sayyohlar uchun eng katta bozor – Xitoyning yaqinligini taʻʻkidladi.
“Sayyohlar Afgʻonistonga borishni istamasligining sababi u erda xavfli va hujum qilishlari mumkin. Bu haqda menga yaponlar ham aytishdi. Bu bizni noqulay vaziyatga qoʻyadi”, - deydi Said.
Afgʻonistonning sayyohlar uchun bir talay qiyinchiliklar borligi ham haqiqat. Jumladan, viza olish qiyin va qimmat. “Tolibon” hokimiyatga qaytganidan beri koʻplab davlatlar Afgʻoniston bilan aloqalarini uzgan va hozircha hech qaysi davlat ularni mamlakatning qonuniy boshqaruvchisi sifatida tan olgani yoʻq.
Said afgʻon turizmini rivojlantirish yoʻlida toʻsiqlar borligini tan oldi va ularni bartaraf etish masalasida tegishli vazirliklar bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyilganini qoʻshimcha qildi.