Muqaddas milliy zulm
Misrliklarning mustamlakachilik, zulm ekspluatatsiyani tanqid qilish imkoniyati mustaqillik qoʻlga kiritilganiga qadar koʻproq va kuchliroq edi. Mustamlakachilar oʻrnini milliy hokimiyat egallagach esa, fuqarolarning imkoniyatlari, huquqlari va harakatlari koʻlami ancha qisqardi. Erkinliklar, huquqlar va burchlar ruhiga yoʻgʻrilgan konstitutsiyalar bilan mavjud achchiq voqelik oʻrtasida boʻshliq hali ham bor va kengayib bormoqda. Hozir mavjud boʻlgani oldingisidan yomon, kelajakdagi esa ikkalasidan ham yomonroq. Misrning yaqin oʻtmishi, mustaqillikni qoʻlga kiritishi va undan keyingi davri – Azon Global nigohida.
XX asrning birinchi yarmida moddiy tanglikda yashayotgan arab
kampir qishloq ziyolilaridan: “Bu qiyinchiliklar qachon tugaydi?” deb soʻrar, ular:
“Mustamlakachilik tugab, mustaqillik kelsa”, deyisharkan.
Keyinchalik mustaqillik kelibdi, bayramlar qilinibdi, odamlar
xursand boʻlib, koʻp yaxshiliklar kuta boshlashibdi. Lekin xalq, va albatta, boyagi
kampirning hayotidagi mashaqqatlar avvalgidek davom etaveribdi. Endi u: “Qachon
mustaqillik keladi?” deyish oʻrniga: “Qachon mustaqillik tugaydi?” deya soʻray
boshlabdi.
Bu hikoya qahramoni mustamlakachilik oʻz ortida ikki narsani
qoldirganini anglamagandi. Biri xalqning imkoniyatlaridan kattaroq muammolar;
ikkinchisi esa bu muammolarni engib oʻtishga etarli imkoniyat yarata olmaydigan elita
tabaqa edi.
MUSTAMLAKAChILIK GʻOYaSINING RIVOJLANIShI
Mustamlakachilikdan keyin kelgan bu elita tabaqa
mustamlakachilik tugʻyonini ham meros qilib olgandi. Keyin bu tugʻyonni oshirib
borib, mustamlakachilar ham qilishga botinolmagan “marralarga” erishdi. Bundan
tashqari, mazkur elita tabaqa avvalboshdan
hukmronlik, siyosat va davlat boshqaruvida mustamlakachilarnikidek zakovatga ega
emasdi. Zakovat va aql-idroksiz faqat tugʻyonning oʻzi hukmronlik qilsa, natija
ikki narsadan iborat boʻladi: koʻproq zulm va koʻproq qashshoqlik.
Napoleon Bonapart boshchiligidagi Frantsiya boshqalardan oldin
Misr va Shomni bosib olish bilan zamonaviy Evropa mustamlakachilik toʻlqinini
boshlab berdi. Va bu toʻlqin yigirmanchi asr oʻrtalarida Falastin zaminida Isroilni
qurish bilan tojlantirildi. Shundan beri mazkur mintaqa xalqlari uch jabhada kurash
olib boryapti: mustamlakachilikdan ozodlik, zulmdan xalos boʻlish, ekspluatatsiyadan
qutulish; yaʻʻni mustaqillik, erkinlik va ijtimoiy adolat.
Erishilgan yagona yutuq Evropa mustamlakachiligining barham
topishi boʻldi. Lekin uning oʻrnini Amerika-Evropa gegemonligi egalladi. Bosqinchi
kuchlar chiqib ketdi. Bosqinchilarning bevosita yoki bilvosita hukmronligi toʻxtadi.
Ammo gʻarbning obʻʻektiv ustunligi yoki mustaqillikka erishgan yangi davlatlar
Gʻarbning oziq-ovqatdan tortib, qurol-yarogʻgacha boʻlgan yordamiga muhtojligi sabab
hukmronlik va nazorat qilish toʻxtamadi. Bu hol Gʻarb oʻrnini egallagan baʻʻzi elita
tabaqa “gʻarb bilan murosa qilish” yoki “u bilan hamkorlik”ka moyil boʻlgani
sababli davom etdi, deyish ham mumkin. Bu qoidadan chetga chiqqanlarning oldin harakatlari,
keyin oʻzi sindiriladi, soʻng gʻarb gegemonligiga moslashish yoki boʻysunishni qabul
qiladigan kishi hukmron boʻladi.
Amerika–Evropa gegemoniyasi mustamlakachilik gʻoyasini
toʻgʻridan-toʻgʻri bosib olmay, hatto xalqlarning gʻururiga tegmasdan yoki ular
endigina erishgan mustaqillikka til tekkizmasdan rivojlantirishni uddaladi.
Mintaqadagi davlatlarini jismoniy majburlovsiz, harbiy, xavfsizlik, iqtisod va
axborot almashtirish sohalaridagi shartnomalar bilan ipsiz bogʻlab qoʻydi. Bu bilan
eski mustamlakachilik oʻrnini munosib ravishda egalladi.
Gegemonlik odat tusiga kirib, odamlarning undan
bezovtalanmay yashashi manfaatdor ikki tomonga ham qoʻl keldi. Birinchi tomon –
hukumatlar va kompaniyalar koʻrinishidagi Gʻarb. Ikkinchi tomon – boshqaruvchilar va
ular atrofidagi ekspluatatorlar, tashqi gegemon kuch bilan ichki ekspluatator kuch
oʻrtasidagi manfaatlar almashuvidan iqtisodiy, siyosiy manfaat koʻradigan toifalar.
XALQNI AHAMIYaTSIZLAShTIRISh
Tashqi gegemon kuchlar va ichki ekspluatator kuchlar 1952 yil 23
iyuldagi inqilobdan keyin hamda Misr bilan bosqinchi Angliya oʻrtasidagi 1954 yil
19 oktyabrda erishilgan (ingiliz harbiylarini) evakuatsiya qilish toʻgʻrisidagi
kelishuvdan soʻng oxirgi ingliz askari 1956 yil 13 iyunda joʻnab ketganidan keyin
Misrning birinchi konstitutsiyasiga eʻʻtibor qaratdi. Ushbu konstitutsiya 1956 yil 16
yanvarda, uch yil davom etgan oʻtish davridan soʻng eʻʻlon qilindi va 1956 yil 23
iyunda xalq referendumidan oʻtkazildi.
Konstitutsiyaning muqaddimasida shunday deyilgan: “Biz – Misr
xalqi oʻz erkinligimiz va yashash huquqimizni tashqi bosqinchilar nazoratiga, ichki
ekspluatatsiya hukmronligiga qarshi uzluksiz kurashish bilan tortib oldik.
Biz 1952 yil 23 iyul inqilobida, tarix davomida olib borgan
kurashini buyuk gʻalaba bilan tojlantirgan va oʻsha kunning ertasigayoq taqdirini oʻz
qoʻliga olgan xalqmiz.
Biz, oʻz oʻtmishidan oʻgit, bugunidan qatʻʻiyat olgan va
qoʻrquvdan, muhtojlikdan, xoʻrlikdan xoli kelajak yoʻlini belgilagan Misr xalqi
samarali harakat bilan farovon jamiyat quryapmiz. Uning soyasida esa
mustamlakachilar va ularning malaylarini yoʻqotish, feodalizmga barham berish,
hokimiyat ustidan monopoliya hamda kapitalizm nazoratini yoʻq qilish, kuchli milliy
armiya tuzish, ijtimoiy adolat oʻrnatish, mustahkam demokratik hayotni barpo etish
amalga oshadi.
Biz – Misr xalqi har bir inson bugun va ertangi kunda erkin
yashash, eʻʻtiqod qilish, fikr yuritish huquqiga ega deb ishonamiz. Uning bu huquqlari
ustidan aql va vijdondan boshqa hokimiyat yoʻq.
Biz – azizlik, adolat va tenglikni erkinlik va tinchlikning
asl ildizlari sifatida ulugʻlaydigan Misr xalqimiz”.
Misrliklarning mustamlakadan etmish yil yoki undan ham oldinroq
qoʻygan talablarini ifodalagan ushbu yozuvlar mustaqillikka erishganidan etmish yil
oʻtganidan keyin ham bu xalqning istaklarini ochiqlash uchun yaroqlidir. Farqi
shundaki, oldingi paytda misrliklarning mustamlakachilik, zulm ekspluatatsiyani
tanqid qilish imkoniyati istiqlol davridagidan koʻra koʻproq va kuchliroq edi.
Mustamlakachilar oʻrnini milliy hokimiyat egallagach esa, fuqarolarning
imkoniyatlari, huquqlari va harakatlari koʻlami ancha qisqardi.
Agar bu matnlar milodiy 2056 yilda yozilajak yangi
Konstitutsiyaning muqaddimasida qaytadan berilsa, 1956 yilgi birinchi
Konstitutsiyadan 100 yil oʻtib ham xalqning orzu-umidlarini ifodalay oladi. Chunki
bu xalq etmish yil oʻtib ham haqiqiy ozodlikka chiqmagan, qoʻrquvdan, muhtojlikdan
va xorlikdan qutulmagan; azob-uqubatlari mustaqillik davrida ham turli
koʻrinishlarda, milliylik bahonalari ostida davom etgan xalqdir. Shunchaki, bir
boshqaruvchining oʻrniga boshqasi keldi va ekspluatatsiya shakllari oʻz mohiyatini
saqlagan holda rivojlandi.
DAVLAT TUZOGʻI
Erkinliklar, huquqlar va burchlar ruhiga yoʻgʻrilgan konstitutsiyalar
bilan mavjud achchiq voqelik oʻrtasida boʻshliq
hali ham bor va kengayib bormoqda. Hozir mavjud boʻlgani oldingisidan
yomon, kelajakdagi esa ikkalasidan ham yomonroq.
Aksiga qarab siljish yoki ortga tisarilish qonuni erkinliklar,
huquqlar va burchlarning mustahkamlanishdan toʻsib qoʻygan. Vaqt oʻtishi bilan
holatlar oldinga yurish oʻrniga orqaga qarab ketyapti. Shunday qilib, har bir yangi
bosqich avvalgisidan ham yomonlashyapti.
1919 yildagi inqilobdan keyingi birinchi konstitutsiyadan, 23
iyul inqilobidan keyingi birinchi konstitutsiyagacha, undan keyin 1952 yildagi
soʻnggi konstitutsiyadan 2014 yildagi soʻnggi konstitutsiyaga va undan soʻng 2019
yildagi oʻzgartirishlarga qadar boʻlgan ushbu yuz yillik konstitutsiyaviy davrda
(1923–2023) misrliklar er yuzidagi eng zoʻr konstitutsiyalarning yutuqlarini oʻzida
jamlagan eng namunali konstitutsiyaga ega boʻldilar. Ammo bu konstitutsiyaviy
rivojlanish voqelikda, misrliklarning real hayotida aks etmadi. Yaʻʻni Saad Zagʻlul
oʻz hukumatining 1942 yil yanvaridagi birinchi nutqida aytganidek, hokimiyat va
xalq oʻrtasidagi munosabatlarda odamlar hukmdorlarga askar qoʻmondoniga emas,
oʻlja ovchisiga qaragandek qarashyapti.
Vatandosh nazarida davlat hamon bamisoli pistirma, qopqon,
tuzoq, qamoqxona boʻlib, unga tushib qolmaslikka harakat qiladi. Uning uchun
davlat shubha, qoʻrquv va ishonchsizlik manbai.
1923 yildan 2023 yilgacha boʻlgan konstitutsiyaviy yuz yildan 30
yili mustamlakichilik va podshoh Muhammad Ali Posho va uning sulolasi davri,
keyingi 70 yili esa mustaqillik va respublika tuzumidagi prezidentlar davri
edi.
Ikki davrning farqi quyidagicha: birinchi davrda 1919 yil
inqilobining barakasi bilan xalq faol va koʻtarinki ruhda edi; ikkinchi davrga
kelsak, 23 iyul inqilobi oʻz harbiy xarakteri bilan xalqni chetga surib qoʻydi.
Xalqning saylovchi sifatidagi mavjudligi birinchi davrda davom
etdi. Chunki u parlamentar demokratiyaga, partiyalar oʻrtasida davriy saylovlarga
asoslangan edi.
Xalqning bunday siyosiy kuch sifatida mavjudligi ikkinchi
davrda qisqardi, hatto yoʻqolib ketdi. Chunki bu davr bir nechta nomzodlar
oʻrtasidagi raqobat yoʻli bilan emas, faqat bitta nomzod referendum yoʻli bilan
saylanadigan prezidentlik tizimiga asoslangan edi.
Bu yagona nomzod – prezidentlik lavozimidan kelib chiqib –
parlament aʻʻzolarini tayinlaydi, keyin parlament aʻʻzolari uni nomzod qilib
koʻrsatishadi. Bu erda jamoatchilik ishtiroki oʻzining eng yuzaki va ahmoqona
koʻrinishlari bilan bemaʻʻnilikni anglatuvchi saylov shaklini bajarib berishdan
boshqasiga yaramaydi.
Keyin bir nomzodlik tizimi shunday tizimga aylandiki, unda
nomzod oʻzi bilan bir qatorda bir nechta yuzaki, shakliy nomzodlarni tanlaydi. Ular
mustaqil, oʻzini nomzod qilib koʻrsatmaydi, balki ularni ushbu yagona nomzod tanlab,
tayinlaydi hamda ularga aytadigan gaplari, qiladigan ishlarini belgilab beradi.
Kim bu chegaradan chetga chiqsa, jazolanadi.
Ikki davr oʻrtasidagi farqning qisqacha mazmuni: birinchi davr,
yaʻʻni 1923–1953 yillarda fuqaroning oʻzini boshqaradiganlarni tanlash huquqidan
foydalanish kuchi oshgan edi; ikkinchi davr, yaʻʻni 1953–2023 yillar hukmdorlarning
oʻzlari yaratgan muassasalarga oʻz xohishlarini bildirish orqali oʻzlarini tanlash
qobiliyati oshdi. Bu muassasalar saylovchilardan ozchilik qatnashadimi yoki
koʻpchilikmi, qolgan ishlarni oʻzlari toʻgʻirlashga masʻʻul boʻladi. Ishtirok kuchli yoki
kuchsiz boʻlishining farqi yoʻq, har ikki holatda ham saylov natijalari maʻʻlum,
avvaldan belgilab qoʻyilgan.
MISRNING ENG TAHLIKALI SANALARI
1952 yil 10 dekabrda Ozod zobitlar 1923 yilgi
Konstitutsiyaning qulaganini eʻʻlon qilishdi, u misrliklar demokratiya oʻyinlarini
oʻynay olgan yagona konstitutsiya edi. General-mayor Muhammad Najib shunday dedi:
“Xalq oʻz maqsadlariga erisha olishi uchun yangi konstitutsiya tuzishdan boshqa chora
yoʻq. Va u haqiqiy hokimiyat manbai boʻlishi kerak."
Faxriy siyosatchi, zobitlar qoʻmondonligi ostida bosh vazir
boʻlishni qabul qilgan, foydalanib boʻlingach, uloqtirigan Ali Mohir Posho, shunday
degandi: “1923 yilgi konstitutsiya XIX asr demokratiyasini ifodalaydi. Bu holi
bilan yangi asrda qolishga ortiq yaramaydi”.
Mustamlakachilikdan keyingi milliy boshqaruv
mustamlakachilikdan afzal emasligini tushunmagan oʻsha kampir kabi, general-mayor
Muhammad Najib ham xalq hokimiyat asosi boʻlmasligini ham, hamma vakolat va
hokimiyat birinchi va oxirgi manbai
prezident boʻlishini ham tasavvur qilmasdi.
Xuddi shuningdek, Ali Mohir Posho 1923 yilgi konstitutsiyaning
muqobili oʻn toʻqqizinchi asr demokratiyasidan ham rivojlangan demokratiya emas,
balki XX asr diktaturasi boʻlishini anglamagan edi.
Qusurli parlament demokratiyasidan gʻoyat qudratli prezident
diktaturasiga oʻtishni oqlash, bu yangicha prezidentlik zulmini liboslari ostiga
olishi uchun muqaddas vatanparvarlik hissiga murojaat qilish, uning ustini xalq
qonunchiligi bilan xaspoʻshlash lozim edi.
1956 yilda Misr eng tahlikali sanalarga guvoh boʻldi:
1. 13 iyunʻ.
Britaniya kuchlarining evakuatsiya qilinishi;
2. 23 iyunʻ.
Respublika prezidenti
Jamol Abdunnosirning 99,9 foiz ovoz bilan prezident boʻlib saylanishi uchun referendum oʻtkazilishi.
3. 26 iyunʻ.
Suvaysh kanalining milliylashtirilishi.
4. 26 oktyabrʻ
Misrga qarshi uchlik – Isroil, Britaniya, Frantsiya hujumi.
Bu toʻrt sana oraligʻida esa qoʻshnirnoq ichidagi muqaddas milliy
zulm tugʻilishi uchun tarixiy vaqt belgilandi.