Rossiya shiddatli hujumlar bilan ilgarilamoqda
Rossiya boshqariluvchi aviabombalar yomgʻiri va piyodalar hujum orqali Ukraina sharqida ilgarilamoqda. Bir hafta ichida 57 kv km ukrain zaminini oʻziga qoʻshib oldi. Tinch aholi evakuatsiya qilinmoqda.
Rossiya
qoʻshinlari Donetsk viloyatida, ayniqsa strategik ahamiyatga ega Pokrovsk shahri
hududida hujumlarini kuchaytirdi. Bir hafta ichida taxminan 57 kv km hududni
bosib olishga muvaffaq boʻlishdi, bu - bahordan beri eng katta hududiy yutuqlardan.
Rossiya
kuchlari avval aviazarbalar yomgʻirini yogʻdirib, soʻngra piyodalar hujumi taktikasini
qoʻllamoqda.
«Bu katta
tahdid... chunki Pokrovskiy va Toretskiy jabhalari ukrainalik himoyachilar
pozitsiyalariga berilayotgan har kunlik aviazarbalarning katta qismini oʻziga qabul
qilib olmoqda», - dedi Ukraina Milliy gvardiyasi vakili Ruslan Muzychuk Reuters agentligiga.
Kievlik
aviatsiya eksperti Valeriy Romanenkoning taʻʻkidlashicha, ruslar oʻz taktikasida
boshqariladigan bombalar va "goʻsht hujumlari"ga (qancha insoniy yoʻqotishlar
boʻlishidan qatʻʻi nazar, dushman istehkomlariga yuzma-yuz piyoda hujumi – tahr.)
tayanmoqda.
«Ruslar
bizning himoyamizni yorib oʻtayotgani yoʻq, ularni orqaga itarib tashlamoqda. Ular
har kuni ushbu taktikadan foydalangan holda 100, 150, 200 metr oldinga siljishmoqda:
boshqariladigan bombalarni tashlash, keyin “goʻsht hujumi”, hujum bartaraf etilsa, yana
boshqariladigan bombalarni tashlab, yana “goʻsht hujumi”», - deya tushuntirdi u.
Hujumlar
jang maydonidan qochgan tinch aholi sonining keskin koʻpayishiga olib keldi.
Koʻngilli Roman Bugaevning soʻzlariga koʻra, soʻnggi ikki hafta ichida evakuatsiya
qilish haqidagi soʻrovlar soni taxminan oʻn baravar koʻpaygan.
Novogrodovkadan
evakuatsiya qilingan Antonina Kalashnikova oʻz tajribasi haqida shunday dedi: «Ular
qattiq bombardimon qila boshlashdi va bu juda qoʻrqinchli boʻldi. Tun boʻyi uxlay olmadik
va ketishga qaror qildik».
Rossiya
Mudofaa vazirligi oʻtgan haftada Donetsk viloyatidagi beshta aholi punkti qoʻlga
olinganini maʻʻlum qildi. Mutaxassislarning qayd etishicha, Ukraina qoʻshinlari
frontning bir qancha sektorlarida jiddiy bosim ostida.