Hasadning neyrobiologik asosiy bor – biolog olim
Biolog olim Baxtiyor Abdugʻafurning yozishicha, hasad odamning ich-ichini eb bitirishi haqidagi gap-soʻzlarning neyrobiologik asoslari mavjud.
Hasad odamning ich-ichini eb bitiradi, deymiz. Bu gap ilmiy
asosga ega. Yanayam aniqrogʻi, hasadning neyrobiologik asosi bor.
Neyrobiologiya nerv tizimi, shu jumladan, miya, orqa miya,
periferik nerv tizimilarini tadqiq etadi, ularning insonning fikrlashi,
hatti-harakati va organizm funktsiyalarini qanday boshqarishini oʻrganadi.
Neyrobiologiya, shuningdek, insondagi his-tuygʻular moddiy
asoslarini ham tadqiq etadi. Jumladan, sevgi-muhabbat, rashk, havas, hasad,
baxillik...
Har bir tuygʻu neyrobiologik - biologik va kimyoviy asosga
ega. Xuddi shu jumladan, hasad ham.
2021 yil Nature'ning Scientific Reports jurnalida eʻʻlon
qilingan tadqiqotda inson stressga tushganida noradrenalin va kortizol
gormonlari sintezlanib, inson DNKsi buzilishlariga olib kelishi isbotlatgan. Eng
qizigʻi, kortizol gormoni inson hasad qilganida ham hosil boʻladi! Hujayrada
kortizolning toʻplanishi DNK uzilishi, nuqsonlarga olib keladi. Buning oqibati,
qator kasalliklar, jumladan, saraton paydo boʻlishi isbotlangan.
Xalqimizning: "hasad qilgan ich-ichini eydi" degan
gapi bekorga emasligi mana shu erda oydinlashadi. Ich-ichining eyishlik - DNKning
uzilishi, aslida. DNKning uzilishi esa irsiyatning buzilishi, irsiy axborotning
koʻchirilishdagi nuqsonlar demakdir.
Hasadgoʻy insonlarning dardmand boʻlib yurishlari, aksariyat
hollarda, bu holat nasl surishini shu bilan izohlash mumkin.
Eng hayratlanarli jihati, Islom bizga hasad qilmaslikni
taʻʻlim beradi. Rasuli Akram sallollohi alayhi va sallam bejizga: "Olov
oʻtinni eb bitirgani kabi hasad ham insonning goʻzal amallarini eb bitiradi"
demaganlar.
Xulosa shuki, hasad tuygʻusi begona boʻlgan kishilar sogʻlom
yashaydi, ularda irsiy nuqsonlar ham kuzatilmaydi.
Havas qilib yashaylik! Hasad qilib oʻzingizga jabr qilmang,
DNKni asrang!