Davoiy toʻq yurish ekologik muammolardan ham xavfliroq – biolog olim
Hozirgi
koʻpchilik kasalliklarning sababi... insonning ochlikni his qilmay qoʻyganidir! Inson
uchun ekologik muammolardan koʻra davomiy toʻq yurish (buning ortidan kelib
chiqadigan ortiqcha vazn, semizlik emas) xavflidir.
Ochlik – organizmning oʻziga xos sterilizatsiyasidir. Ochlikni
HIS qiladigan tana doimo toʻq yuradigan tanaga nisbatan sogʻlom boʻladi. Sababi,
ochlik natijasida inson vujudida autofagiya jarayoni faol boʻladi. Organizmlarni
tozalanishida – sterilizatsiyasida autofagiya juda muhim va asosiy jarayon.
Hujayralar qariydi, oʻladi va oʻlik holatida tanada qoladi.
Oʻlik hujayralar yogʻ, oqsil va uglevodlardan iborat. Aynan ochlik – autofagiya
jarayonida mana shu “biologik chiqindilar” parchalanib, oʻzlashtiriladi. Natijada inson tanasi oʻlik hujayralardan –
“biologik chiqindilar”dan qutuladi. Saraton hujayralari ham ana shunday tarzda
oʻzlashadi (yoʻq qilinadi). Yoki, boshqacha aytilsa, “eritiladi”.
Ochlik qonning kimyoviy tarkibini yaxshilanishiga yordam beradi.
Eng avvalo, ortiqcha glyukoza toʻplanmaydi, natijada, qandli diabetning oldi
olinadi.
Ochlik saraton hujayralari hosil boʻlishining oldini oladi.
Saraton kasalliklarida ochlikka etadigan profilaktik usulni hali zamonaviy
tibbiyot taklif etolmagan.
Ochlik miyaning toʻlaqonli ishlashiga yordam beradi. Eng qizigʻi,
inson och qolgan mahalda xotirasi yaxshi ishlaydi, ayniqsa, oʻqigan narsasi miyasida
qoladi. Inson toʻq boʻlsa, tana inson uchun emas, balki, birinchi navbatda, taomni
– yogʻ, oqsil va uglevodlarni parchalashga oʻtadi. Tana aʻʻzolari zoʻriqib ishlaydi.
Ochlikda esa aksincha jarayon ketadi, tana aʻʻzolarining yuklamasi kam boʻladi. Har
narsa ishlatilaversa eskiradi, qobiliyatini yoʻqotadi. Tana aʻʻzolarimiz ham
shunday. Ochlik jarayonida tana aʻʻzolari passiv tinim holatiga oʻtadi. Eʻʻtibor
bering, ochlik vaqtida odam hojatga kam boradi. Bu degani, oshqozon, ichak,
buyrak, jigar... kabi aʻʻzolar dam olyapti. Oʻylab koʻring, oʻzingiz dam olmay
ishlasangiz qay ahvolga tushasiz?
Endi yana bir oʻylab koʻring: kechki ovqat ratsioni kuchli boʻlsa,
tana aʻʻzolari tuni bilan ishlab chiqadi. Odamning oʻzi uxlaydi, aʻʻzolar esa
ishlaydi, dam olmaydi. Kasalliklar shundan boshlanadi.
Hazrat paygʻambar (s.a.v) buyuradilar: “Qalblaringizni ochlik
bilan nurlantiring, nafsingizga qarshi jihod qilib, uning tarbiyalashda ochlikni va
tashnalikni qurol sifatida ishlating...”
Abu Homil Gʻazzoliy “Mukoshafatul qulub” asarida yozadi: “Qorin
toʻyguncha eyish qalbni soʻqir qiladi va insoniy feʻʻl-atvorlar yoʻqolishiga sabab
boʻladi...”
Shu asarda yana yoziladi: meʻʻdani qalb ostida qaynayotgan va
bugʻlarini unga qaratgan idishga oʻxshatishadi. Bugʻ koʻpaygani sari u etib borgan joy
ham shunchalik bezovta-behuzur boʻlib, xira tortadi. Shunga oʻxshash, meʻʻda ham
toʻldirilganiga monand ravishda qorayadi va zaiflashadi. Koʻp egan odamning aqli
zaif boʻladi, ilm oʻrgana olmaydi. Chunki, doimiy toʻqlik va ochkoʻzlik aqlni soʻqir
qiladi.
Bu erda muttasil och yurilsin, degan daʻʻvat yoʻq, faqat
tananing maʻʻlum muddat ochlikni his qilishi, haqida soʻz bormoqda. Zero, ochlikni
his qilish va ochlik oʻrtasida farq bor.
Demak, ochlik insonning ham jismonan, ham ruhan tiklanishiga
yordam beradi. Shuning uchun, inson doimo toʻq boʻlmasdan, hech boʻlmasa, kuniga bir
marta ochlikni his qilishida unga juda katta manfaat bor.
Baxtiyor
Abdugʻofur, biolog olim, yozuvchi