Musulmonlar “tarbiya” deb ataydigan axloqiy pedagogika savollariga javoblar ancha moslashuvchan va xilma-xildir. Istalgan fazilatga ega boʻlish yoki oʻrgatishning toʻgʻri yoʻli qanday: mehrmi yo qoʻrquv? Mehrli ota-onaning iliq tarbiyasimi yoki qattiqqoʻl tarbiyachining temir tartib-intizomi? Donishmandlarning falsafiy mulohazalarimi yoki eng muvaffaqiyatli va qudratli shaxslarning maslahatlari? Janglarning shiddatimi yoki kutubxonaning sakinati? Toledo universiteti (AQSh) falsafa boʻlimida islomshunoslik kafedrasi mudiri, Yaqeen islomshunoslik instituti bosh muharriri va Ummatics institutining asoschisi Ovamir Anjum maqolasida.

Axloq savollari

Zamonaviy taraqqiyot va sekulyar dunyoning epistemik imperializmi daʻʻvolarini inkor etish bizga islom axloqining dolzarbligini baholashga imkon beradi. Bugungi yovuz gegemon (hukmron) modellarga muqobil zarurligini anglash uchun moʻmin-musulmon boʻlish shart emas. Nima toʻgʻriyu, nima notoʻgʻri ekanini qanday aniqlashimiz mumkin? “Begunoh odamni oʻldirish yomon” va “muhtoj odamga saxovat koʻrsatish yaxshi” kabi axloqiy meʻʻyorlar hayotimizni osonlashtiradigan oddiy meʻʻyorlarmi (unda, obʻʻektiv asosga ega emas) yoki narsalarning oʻziga xos xususiyatlariga asoslanadimi (bunda, ularni faqat aqlning oʻzi bilan bilish mumkin) yo  boʻlmasa Xudo tomonidan hech bir sababsiz nozil qilingan (unda ularni faqat vahiy orqali bilish mumkin) qoidalarmi? Bular meta-axloqiy savollar deb yuritiladi. Musulmon ulamolari, koʻrib turganimizdek, bu savollar ustida chuqur muhokamalar olib borishgan va bu javoblarning har bir versiyasini qabul qilishgan, biroq doimo ilohiy vahiy markaziy oʻringa qoʻyilgan.

Bundan tashqari, axloqning ustuvorliklar tizimida qanday tashkil etilgani haqida ham savollar mavjud. Istalgan xatti-harakat va fazilatlardan qay biri boshqalariga qaraganda muhimroq va ular bir-biriga qarama-qarshi boʻlsa, u holda biz nima qilamiz? Bu erda barcha musulmonlar ushbu tizimni qonun yoki shariat shaklida belgilash huquqi Allohga tegishli ekaniga ittifoq qiladilar.

Musulmonlar “tarbiya” deb ataydigan axloqiy pedagogika savollariga javoblar ancha moslashuvchan va xilma-xildir. Istalgan fazilatga ega boʻlish yoki oʻrgatishning toʻgʻri yoʻli qanday: mehrmi yo qoʻrquv? Mehrli ota-onaning iliq tarbiyasimi yoki qattiqqoʻl tarbiyachining temir tartib-intizomi? Donishmandlarning falsafiy mulohazalarimi yoki eng muvaffaqiyatli va qudratli shaxslarning maslahatlari? Janglarning shiddatimi yoki kutubxonaning sakinati?

Ammo bulardan ham muhimrogʻi, maqsad yoki teleologiya masalasidir. Hayotning, yaʻʻni shaxsiy xulq-atvor va ijtimoiy hayotning yakuniy maqsadi nima?  Maqsad zavq va shaxsiy erkinlikni maksimal darajada oshirish, hukmronlik uchun guruh kuchiga ega boʻlishmi yoki Allohni rozi qilish? Bunday muhim savolga javob qanday boʻlishi ahamiyatli emas. Eng muhimi shuki, yaxshilikning tabiati haqida doimiy tarzda chuqur mulohaza yuritadigan va unga intiladiganlar, ehtimolki, yaxshiroq inson boʻlib yashaydilar va ularning haqiqat va yaxshilikka erishish ehtimoli doim yuqoriroq boʻladi. Bizni fazilatliroq, goʻzalroq insonga aylantiradigan axloqiy mulohazalar shu bilan birga bizning tugʻilib oʻsgan madaniyatimizdagi bidʻʻat va xurofotlar, mazhabparastlik va hatto targʻibotlarni-da yoʻq qilish qudratiga ega. Axloq ustida chuqur fikr yuritadigalar Islomga birinchi boʻlib yuzlanganlar va musulmonlarning eng avlosi boʻlib qolishgan.

Islom axloqiga oid ushbu maqola (lavha) yuqorida tilga olingan savollarga javob boʻlib xizmat qiladi. Birinchi boʻlib, biz qabul qilingan yondashuvning asosini tashkil etuvchi Paygʻambarlik bayonotini taqdim etamiz. Keyin esa axloq haqidagi falsafiy mulohaza qanday qilib uning manbayi boʻlgan Qodir Allohga, ayni paytda cheklangan ratsionallikka va ilohiy rahbarlik zaruratiga etaklaganini koʻrsatamiz. Va nihoyat biz islom nafaqat aql bilan uygʻun kelishini, balki u oʻzining yaxlit yoʻl-yoʻriqlarining bir qismi oʻlaroq fazilatli xulq-atvorni oqilona tushunishni ham taqozo etishini koʻrsatib beramiz.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam oʻzlarining barcha vazifalarini jamlab shunday deganlar:

“Men yaxshi xulqlarni tugal qilish uchun yuborilganman”.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu purhikmat soʻzlarida odamlar oliyjanob xislatlarni avvaldan tanib kelganlari va ularga ega ekanini tasdiqlayaptilar; vahiy esa bu xususiyatlarni toʻldirish va mukammal qilish uchungina nozil qilingan. Xos “innama” soʻzini ikki xil talqin qilish mumkin va ikkalasi ham toʻgʻri:

“Men yangi biror narsani paydo qilish uchun emas, balki faqat fazilatli xarakterlarni kamolotga etkazish uchun yuborilganman”.

“Men yaxshi xulqlarni  toʻldirish uchungina yuborildim”.

Birinchisi, insonlar bevosita vahiyga ega boʻlmasidan avval ularning baʻʻzilari boshqalaridan koʻra koʻproq bilim va ezgu xulq-atvorga ega boʻlishganini anglatadi. Buni boshqa koʻplab nozil boʻlgan matnlar, shuningdek, mantiqiy dalillar va empirik kuzatishlar ham tasdiqlaydi. Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam Abdulqays qabilasidan boʻlgan, Islomni qabul qilgan Al-Ashajj bilan uchrashganlarida shunday deganlar: “Sizlarda Alloh sevadigan ikki xislat bor: bagʻrikenglik va yumshoqlik”. Shunda bir aqlli kishi qiziqib, “Ey Allohning Rasuli, bu xislatlarni oʻzim shakllantira olamanmi yoki Alloh ularni mening fitratimga jo aylaydimi, deb soʻradi.

Janob Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Yoʻq, ularni fitratingizga jo etgan Allohdir”, dedilar. Al-Ashajj shukronalik bilan: “Menga Alloh va Rasuli yaxshi koʻradigan xislatlarni ato etgan Allohga hamdlar boʻlsin!” dedi.

Bu anʻʻana yana shuni tushuntiradiki, ayrim xislatlar Alloh tomonidan tabiiy ravishda baʻʻzilarga boshqalardan koʻra koʻproq beriladi, boshqalarda esa tarbiya va taʻʻlim orqali ega boʻlishning imkoni mavjud. Yana bir hadisi sharifda: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: “Odamlarning maʻʻdanlar (naslning boshlanish nuqtasi) ekanini koʻrasiz. Ularning johiliyatdagi yaxshi boʻlganlari islomda ham eng yaxshilaridir, agar dinda faqih boʻlsa”.

Ibn Hajar oʻz sharhida mazkur hadisning uch jihatiga ishora qiladi: Alloh tomonidan berilgan barqaror tabiat boʻlgan oliyjanob xulq (shu sabab u metall rudasiga oʻxshatiladi), yakuniy saodatga erishish uchun islomni qabul qilish va din ilmiga erishish uchun saʻʻy-harakat qilish. Insonlarning eng avlosi har uchalasiga ham ega boʻlganlaridir, ammo agar biror kim Islomni rad etsa, qolgan barcha neʻʻmatlar oʻz oʻzidan bekor boʻladi. Iymon bilan barcha tabiiy inʻʻomlar oʻzidan chunonan yorugʻ nur taratadiki, oqibatda inson vahiy haqidagi bilim va tushunchalarga ega boʻlishga oshiqadi.

Axloqi qay darajada yuksak, amallari qay darajada saxovatga toʻla boʻlmasin, iymonni rad etgan kimsalarga bundan hech bir manfaat etmaydi: “Robbilariga kufr keltirganlarning amallarining misoli xuddi boʻronli kunda shamol uchirib ketgan kulga oʻxshaydir. Ular oʻz kasblaridan biror narsaga ega boʻlmaslar. Ana oʻsha uzoq adashuvning oʻzidir” (Ibrohim surasi 18 oyat).

Ikkinchi maʻʻno ham toʻgʻri, chunki Paygʻambar alayhissalomning risolatidan koʻzlangan eng asosiy maqsad, haqiqiy Yaratuvchi va Rahmonga sigʻinish ham eng ulugʻ fazilatdir, zotan u Yaratganga hamd aytish va haqiqatni tan olish ifodasidir va Allohning oyatlarini rad etishdan koʻra kattaroq zulm yoʻqdir (Anʻʻom, 21; Sajda, 22). Demak, u zotning (sollallohu alayhi vasallam) vazifasi barcha fazilatlarni mukammal qilishdan boshqa narsa emas.

Xulosa qilib aytganda, Islom axloqiy fazilatlarni uch jihatdan mukammallashtiradi:

•             bu fazilatlarga toʻgʻri maqsad yoki teleologiya (Alloh taolo) berish orqali:

•             turtkining eng yuqori va doimiy darajasini taʻʻminlash orqali;

•             nozil qilingan Qonun, shariat orqali oʻzaro raqobatda boʻlgan qadriyatlar oʻrtasida toʻgʻri maʻʻno va muvozanatni taʻʻminlash orqali.

Davomi bor. Birinchi qismini oʻqish

Yaxshi inson boʻlish etarli emas: Nima uchun axloq islomga muhtoj? (1-qism)

Mavzuga aloqador