Oʻzbekiston Markaziy Amerikada joylashgan Bagama orollari Hamdoʻstligi bilan diplomatik munosabatlar oʻrnatdi. Shu bilan Oʻzbekiston diplomatik munosabatlar oʻrnatgan davlatlar soni 155 taga etdi.

Oʻzbekiston Bagama orollari Hamdoʻstligi bilan diplomatik munosabatlar oʻrnatdi. Bu haqda Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov oʻzining Telegram kanalida yozdi.

Oʻzbekiston TIV rahbari AQShning Nʻyu-York shahrida bagamalik hamkasbi — mamlakat tashqi ishlar vaziri Frederik Mitchel bilan uchrashdi. Tomonlar ikki davlat orasidagi masofa uzoq boʻlishiga qaramay samarali aloqalarni oʻrnatish uchun koʻplab muhim imkoniyatlar mavjudligini taʻʻkidladi.

Shu tariqa Markaziy Amerikada joylashgan Bagama orollari Oʻzbekiston bilan diplomatik aloqalar oʻrnatgan 155-mamlakat boʻldi.

Avvalroq Oʻzbekiston Seyshel orollari, Kabo-Verde, Liberiya va Togo davlatlari bilan ham diplomatik munosabatlarni oʻrnatish boʻyicha hujjatlar imzolagandi.

Mavzuga aloqador