Yakshanba kuni Turkiya Dezinformatsiyaga qarshi markazi bosqinchi Isroil armiyasiga issiq ichki kiyimlar joʻnatilganini rad etib, ijtimoiy tarmoqlarda aylanib yurgan videolar eski ekanini maʻʻlum qildi
Al Jazeera telekanalining markazdagi manbasi ushbu partiyaning haqiqiyligini tekshirish uchun Savdo vazirligi bilan bogʻlanishgani, ammo oʻz qaydlarida ushbu maʻʻlumotni tasdiqlovchi hech qanday dalil topilmaganini bildirgan. 
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda isroillik askarlarning konteynerlardan katta miqdordagi Turkiyada ishlab chiqarilgan issiq (termal) ichki kiyimlarni tushirayotgani aks etgan video tarqalgan edi. Ushbu video foydalanuvchilarda ayniqsa Isroilning Gʻazodagi tajovuzi kuchaygan bir paytda foydalanuvchilarda ushbu videoning haqiqiyligi haqida savollar tugʻdirib, qizgʻin muhokamalarga sabab boʻldi. 
Dezinformatsiyaga qarshi kurash markazi videoni eʻʻlon qilishdan maqsad chalgʻitish ekanini taʻʻkidlab, 2021 yil 4 dekabrda Prezident Rajab Toyyib Erdogʻanning qarori bilan mamlakatda ishlab chiqarilgan mahsulotlarga «Made in Türkiye» oʻrniga «Made in Turkey» belgisini tushirish yoʻlga qoʻyilganini eslatib oʻtdi. Bu esa yuqoridagi videoda esa kiyimlar eski partiyadan ekanligini anglatadi. 
Eslatib oʻtamiz, Turkiya savdo vaziri Omer Polat oʻtgan hafta Isroil va HAMAS islomiy qarshilik harakati oʻrtasida 7 oktyabrda boshlangan urushdan keyin Tel-Aviv bilan savdo aylanmasi ikki barobar qisqarganini aytgan edi.

Mavzuga aloqador