Erdoʻgʻon Suriyadagi operatsiyalarni yakunlashga vaʻʻda berdi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻon Anqara yozgacha terrorchilik tahdidini yoʻq qilish va Iroq bilan chegarada toʻliq xavfsizlikni taʻʻminlash, shuningdek, Suriyada davom etayotgan operatsiyalarni yakunlash niyatida ekanini maʻʻlum qildi, deya xabar bermoqda TRT.

“Biz shu yozgacha Iroq bilan chegaramiz xavfsizligini toʻliq kafolatlaymiz va Suriyadagi tugallanmagan ishlarimizni albatta yakunlaymiz. Maqsadimiz — farzandlarimizga terrorizmning qora soyasidan butunlay xoli, kelajagi porloq Turkiyani berishdir”, — dedi Turkiya rahbari bir guruh turk askari bilan boʻlgan iftorda.

Erdoʻgʻon Turkiya hukumati askarlarga terrorchi guruhlarga qarshi mashaqqatli kurashni davom ettirishlari uchun har tomonlama yordam berayotganini va bundan keyin ham shunday boʻlishini taʻʻkidladi.

Shu bilan birga, prezident Turkiya hukumati terrorizmga barham berish boʻyicha oʻz strategiyasining natijalarini uning dastlabki bosqichidayoq mamlakat ichida ham, uning tashqarisida ham koʻra boshlaganini taʻʻkidladi. Erdoʻgʻon terrorchilarni aniqlash va yoʻq qilish uchun jangovar dronlar, mahallik oʻq-dorilar va milliy qurollardan foydalanishda muvaffaqiyatga erishganini qayd etdi.

“Operatsiyalarimiz natijasida hozir boʻgʻilib, burchakka qamalib, yoʻq boʻlib ketish arafasida turgan yollangan qotil toʻdalarining qayta tugʻilishiga va yana xalqqa yuk boʻlishiga yoʻl qoʻymaymiz. Bu kimning loyihasi boʻlishidan qatʻʻi nazar, biz janubiy chegaralarda terrorchi davlat tuzilishiga yoʻl qoʻymaymiz», — deya ishontirdi siyosatchi.

Global tizimning mavjud kamchiliklariga toʻxtalib oʻtgan Erdoʻgʻon global tinchlikni saqlashda xalqaro ittifoq va tashkilotlar samarasiz ekanini yaqqol koʻrsatgan oʻtmish tajribasini tilga oldi. Turkiya rahbari mamlakatning oʻzini oʻzi taʻʻminlash uchun mahalliy va milliy mudofaa sanoatini rivojlantirish zarurligini taʻʻkidladi.

Rajab Toyyib Erdoʻgʻon Turkiya oʻz chegaralari va manfaatlarini ham chegaralarining ichida, ham tashqarisida tahdidlardan himoya qilishga sodiqligiga urgʻu qaratdi.

Mavzuga aloqador