«Chinnigul va tikon»
Aziz oʻquvchilar! Falastin zaminida roʻy berayotgan qonli urush barchamizning qalbimizda chuqur bir yara paydo qildi. Bu yara tanamizga ogʻriq berib, xuddi isitma tutgandek behuzur boʻlar ekanmiz, begunoh falastinliklarga naqadar ogʻir ekanini oz boʻlsa-da tasavvur qilamiz. Ammo marhum qoʻmondon, mard jangchi, oʻz vatani va millatining sodiq oʻgʻloni Yahyo Sinvarning “Chinnigul va tikon” deb nomlangan qissasini oʻqisangiz, bu tasavvurlaringiz yanada kengayadi. Bugundan ushbu asar tarjimasini oz-ozdan eʻʻlon qilib boramiz. Tarjimon – Maʻʻmur Muxtor. Muqaddima va birinchi fasl.
Muqaddima
Barcha
hodisalar haqiqat boʻlsa-da, bu – men yoki muʻʻayyan bir kishining qissasi emas. Bu
kitobdagi har bir hodisa yoki hodisalar toʻplami u yoki bu falastinlikka
tegishlidir. Adabiy shartlarga muvofiq boʻlishi uchun ayrim mavzular muʻʻayyan shaxslar
atrofida yuritildi. Undan boshqa barchasi yashab koʻrganlarim, aksari suyukli
Falastinda oʻn yillab yashagan insonlar, ularning qoʻni-qoʻshnilari va ahli oilalari
ogʻzidan eshitgan haqiqatlardir.
Bu
kitobni «Isro va Meʻʻroj» muhitiga qalbi bogʻlangan har bir insonga tuhfa etaman.
Yahyo
Ibrohim Sinvar
«Biʻʻr
Sabʻʻ» qamoqxonasi
2004 yil.
Birinchi
fasl
1967
yilning qishi juda ogʻir keldi. Goʻyo ketgisi kelmayotgandek quyuq bulutlari bilan
bahorning iliq quyoshiga oʻz nurlarini sochishiga yoʻl bermas, sovuq shamoli bilan
haydab solar edi. Osmondan qatra-qatra boʻlib yogʻayotgan muzdek yomgʻir tomchilari
esa Gʻazodagi muhojirlarning bejirim chodirlarini suvga gʻarq qilay derdi.
Toshayotgan sel esa odamlarni yaqingindan oʻtgan katta koʻchadan pastroqda joylashgan
kichik uychalaridan quvib chiqarar, chodirlarida behalovatliklarga sabab boʻlardi.
Qahraton
qishning yaxlagan seli kichkinagina xovlimiz sahnisiga quyular, soʻng oilamiz
yashaydigan ayvonga oqib kelardi. Men, uch akam va singlim qoʻrquvdan titrardik. Singlim
hali goʻdak, shuning uchun ular orasida eng koʻp men qoʻrqardim. Ota-onam odmigina uyimizga
bostirib kirgan suv toʻshaklarni shalabbo qilmasligi uchun ularni yigʻishtirib olishdi.
Men onamning boʻynidan qattiq quchoqlab olgandim, emizikli singlim esa onamning
qoʻlida. Oʻsha dahshatli tunda ham oʻziga oro berishni unutmagan onamning quchogʻida kechasi
bilan bir necha bor uygʻondim. Kichkinagina uyimizning teshik tomidan chakka oʻtar,
yonginamga tomchilayotgan tomchilar uchun alyumin idish qoʻyib qoʻyilgan ekan. Oldimda
alyumin, nariroqda sopol idish, boshqa tarafda ham qandaydir idish turar, har gal
koʻzim uyquga ketganida oʻsha idishlarga tomayotgan tomchilarning ovozidan uygʻonib
ketaverardim. Idishlar suvga toʻlgani sayin tomayotgan tomchilar atrofga koʻproq zarralarini
sochardi. Onam toʻlgan idishlarni boʻshatish uchun tashqariga olib chiqib, toʻkib
kelardi.
Bahorning
iliq quyoshi qishning asarlarini oʻchira boshlab, oʻrnini egallayozgan kunlarning
birida etti yoshli akam Muhammad qoʻlimdan tutib, Misr harbiylarining oldiga
etaklab oborganini yaxshi eslayman. Oʻshanda besh yosh edim. Misr harbiylari
bizni juda yaxshi koʻrishardi. Oʻsha harbiylardan biri ismimizni soʻradi. Biz oʻzimizni
tanishtirdik. Biroz vaqt oʻtib, "Hoy Muhammad, Ahmad! Bu erga
kelinglar!" deb chaqirdi. Akam bilan har galgidek chopib borib, boshimizni
erga eggancha shirinlik
berishini kutib turardik. Bizni chaqirgan amaki harbiy libosining choʻntagidan xandonpistali shirinlik chiqarib, bizga uzatdi.
Har birimiz oʻz nasibamizni olgach, poʻmlab-poʻmlab eya boshladik. Boyagi harbiy amaki
elkamizga urib, boshimizdan silab qoʻydi-da, " Endi uyingizga boringlar!"
dedi. Biz yugurgancha chodirlarimiz tomon ketdik.
Shu zaylda uzoq hukm surgan qahraton qish ham tugadi. Kunlar
iliy boshladi. Ketma-ket
kelayotgan iliq kunlardan sovuq qishning qaytishiga hali
uzoq ekanligini angladim. Endi yaxlagan yomgʻir tomchilari xavf solmas edi.
Ammo atrofimdagilardan kuchli xavotir va xavfsirashni sezar edim. Oilamdagilar
oʻsha yomgʻirli sovuq kechadan ham koʻproq tushkun holatda edi. Nima boʻlayotganini
tushunolmasdim, lekin shuni bilardimki, atrofdagi holat tabiiy emasdi. Onam chakka
oʻtganda foydalanadigan idishlarini ham xovlida qoldirdi. Otam qoʻshnimizdan ketmon
olib chiqib, xovlida chuqur xandaq qaziy boshladilar. Oʻn ikki yoshli Ibrohim akam
otamga koʻmaklashardi. Xandaqni qazib boʻlgach, otam uni ustini yogʻochlar bilan yopa
boshladi. Yana xovlida nimalarnidir qidirib yurardi. Keyin oshxonamizning eshigini
sugʻurib oldi-da, oʻsha xandaqning ogʻziga tashlab, ustini tuproq bilan koʻmib
tashladi. Ibrohim akam bilan onam ikkisining oʻsha xandaqning hali berkitilmagan tuynugidan tushib
chiqayotganlarini koʻrardim. Asta borib, oʻsha ochiq tuynukdan boqishga jurʻʻat topdim.
Qarasam, er ostidagi qop-qorongʻu xonaga oʻxshagan joy ekan.
Nima boʻlayotganini tushunmasam-da, yomon ish boʻlishini sezayotgandek edim. Bu - oʻsha
yomgʻirlik sovuq kechadan ham yomonroqligini sezardim.
Endi hech kim shirinlik olish uchun qoʻlimdan tutib, Misr harbiylari turadigan
erga olib bormas, aksincha, akalarim qayta-qayta bormasligimizni tayinlashardi.
Bu ishlar, oʻzgarishlar mening kichkina yuragimga kattalik qilardi. Akalarim
shirinlik olishga olib borishmagach, amakimning men bilan teng Ibrohim ismli oʻgʻli
ham harbiylardan shirinlik olish sirimizni bilgani uchun uning oldiga bordim. Unga
birga boraylik, demoqchi boʻlib borgandim. Eshikni ochib kirganimda, amakim
qoʻlidagi miltigʻini sozlab oʻtirgandi. Koʻnglimdan men ham shunday qilsam edi, degan his oʻtdi. Oʻsha
miltiq eʻʻtiborimni jalb qilganidan bir muncha vaqt unga termulib qoldim.
Amakim menga boqdi-da, oldiga chaqirib, qoʻlimga miltigʻni tutqazdi, soʻng men
tushunmaydigan gaplarni gapirdi. Keyin boshimdan silab, "Bor, oʻgʻlim, endi boraver", deya xonadan chiqarib yubordi. Soʻng
amakivachcham Ibrohim bilan yaqinimizda joylashgan Misr harbiylari turadigan erga
yoʻl oldik. U erga etib borganimizda hamma narsa butkul oʻzgarib ketgandi. Har galgi jilmayib kutib oladigan harbiy
amaki bizni kutib olmadilar. Qachon borsak, kulib qarshi olishardi. Ammo bu safar
aksincha, bizga "Ketinglar, onangizni oldiga boringlar!" deya baland
ovozda baqirishdi. Hech
narsa tabiiy emasdi. Bu oʻzgarishlarni tushuna olmasdim. Shirinlikdan nasibamizni
ololmay, qoʻrquv bilan ortga qaytdik. Ertasi kuni onam baʻʻzi choyshablarni olib,
haligi xandaq ichiga toʻsha boshladilar. Ikki yo uch idishda suv va biroz egulik ham zaxiraladi. Bizni ham olib
tushib, oʻtqazib qoʻydi. Biroz vaqt oʻtib, kelin oyim va oʻgʻillari Ibrohim va
Hasanlar ham bizga qoʻshildi. Bu joyga nega toʻplanib olganimizning sababini
bilmaganim bu xandaqdan bezor qilardi. Keng koʻcha, xovlini tashlab, shu erga olib tushilgandik. Har gal
chiqishga urinib, oʻsha tuynukka
intilganimda, onam qarshilik qilar, ovutish uchun non va biroz zaytun berardi.
Shunday qilib, quyosh ham botdi,
zulmat kuchaya brshladi. Xandaqdagi qoʻrquv endi ikki barobarga ortdi. Biz
tashqariga chiqishga intilsak, oyim bilan kelinoyim qattiq qarshilik qilishar,
yigʻlasak, "Bollarim, tashqarida urush boʻlyapti. Urushni bilasizlarmi? Urush!"
deyishardi. Urush nima ekanligini bilmasdim. Oʻshanda urush, bu - qoʻrqinchli, zulmatga toʻla narsa
ekanligini angladim.
Davomi bor..
Maʻʻmur Muxtor tarjimasi