Davlat Dumasi deputatlari yaqin orada yuzni berkituvchi kiyim, jumladan, niqobni taqiqlash borasidagi qonun loyihasiga ovoz berishadi. Deputatlarning fikricha, niqob taqish jamoat joylarida kuzatuv kameralaridan odamning yuzini aniqlashni qiyinlashtiradi.
 
Tegishli qonun loyihasi allaqachon parlament quyi palatasiga “Yangi xalq” partiyasi aʻʻzosi Vladislav Davankov tomonidan kiritilgan, deb xabar bermoqda Baza telegram kanali.

Oʻzgartirishlar mamlakat hududlari va taʻʻlim muassasalari rahbarlarining shaxsning yuzini koʻrinmas holga keltiruvchi kiyim kiyish joizligini oʻzlari aniqlash imkoniyatiga ega boʻlishini nazarda tutadi.

Loyihada davlatning dunyoviyligi, fuqarolarning huquq va erkinliklarini din tomonidan cheklash, jamoat joylarida ehtimoliy tahdidlar, shuningdek, huquq va erkinliklarni cheklash imkoniyatini istisno qiluvchi moddasiga qoʻshimcha qilinadi. 

Deputatlar, shuningdek, ayrim hududlarda kuzatilayotgan terrorchilik xavfi yuqoriligiga eʻʻtibor qaratib, jamoat joylarida kuzatuv kameralaridan odamning yuzini aniqlashni qiyinlashtiradigan kiyim kiyishga yoʻl qoʻyilmaydi, degan xulosaga kelishdi.

Qonun loyihasi mualliflari, shuningdek, boshqa mamlakatlarda – Xitoy, Oʻzbekiston, Qozogʻiston va boshqa bir qator musulmon va musulmon boʻlmagan mamlakatlarda bunday kiyim kiyish taqiqlanganini ham eslatib oʻtishdi. 
Taʻʻkidlanishicha, joylar va taʻʻlim muassasalari jamoat tartibini saqlash maqsadida “jamoat joylarida niqob va hijob kiyish qonuniy ravishda taqiqlanadi.”

Shu bilan birga, ular ushbu qonun loyihasi "taʻʻlimning dunyoviy xususiyatini mustahkamlashga imkon beradi" degan fikrni ilgari surgan. 
Avvalroq Rossiya hukumati diniy kiyimni himoya qilib chiqqan edi.

Mavzuga aloqador