Qatar Tashqi ishlar vazirligi Isroil va HAMAS oʻrtasida imzolangan kelishuv doirasida Gʻazo sektoriga dori-darmon va gumanitar yordam etkazib berish boshlanganini eʻʻlon qildi. Qatar TIV matbuot kotibi Majid al-Ansoriy X sahifasida bu haqda bayonot berdi.

“Gazo sektoridagi tinch aholi, jumladan, isroillik mahbuslar manfaati uchun kecha eʻʻlon qilingan kelishuv doirasida Gʻazo sektoriga dori-darmon va yordam etib keldi”, - dedi Ansoriy.

Kecha Qatar Isroil va Hamas oʻrtasida Gʻazodagi mahbuslarga dori-darmon etkazib berish evaziga mintaqadagi tinch aholiga dori-darmon va insonparvarlik yordami olib kirishni oʻz ichiga olgan kelishuvga erishilganini eʻʻlon qilgan edi.

Isroil harbiylariga koʻra, Gʻazo sektorida hamon 136 nafar isroillik mahbus bor.

Qatar va Misr vositachiligida 2023 yil 24 noyabrda 4 kunga, keyin esa 3 kunga uzaytirilgan “insonparvarlik pauzasi” davomida 81 nafar isroillik va 240 nafar falastinlik mahbus oʻzaro ozod qilingan edi.

Mavzuga aloqador