Foto: Jamila Klark va Arva Aziz

Nʻyu-York okrug sudi politsiya boshqarmasi xodimlari hibsga olingan musulmon ayollarning hijoblarini majburan echtirgani sababli 17,5 million dollar miqdorida tovon puli toʻlash toʻgʻrisida hukm chiqardi.

AQShning Nʻyu-York shahri maʻʻmuriyati ikki nafar musulmon ayol tomonidan politsiya boshqarmasining (NYPD) hibsga olish vaqtida bayonnoma toʻldirish jarayonida bosh kiyimlarini echish boʻyicha siyosatiga qarshi kiritilgan sud daʻʻvosini hal qilish yuzasidan kelishuv imzoladi, deb yozmoqda Islam News Jurist.org nashriga tayangan holda.

Ikki ayol Nʻyu-York janubiy okrugi federal okrug sudi sudʻyasi Analiza Torresga politsiya boshqarmasining xatti-harakatlari yuzasidan murojaat qiladi. Sud tomonidan shahar maʻʻmuriyati 17,5 million dollar miqdorida tovon puli toʻlanishi belgilandi. Biroq shahar maʻʻmuriyati musulmon ayollarning hijobi echtirilgani uchun rasman kechirim soʻramagan, ammo sud politsiya boshqarmasiga hibsga olish vaqtida musulmon ayollarning roʻmollarini echtirish siyosatini oʻzgartirish hamda tovon puli toʻlash majburiyati yuklandi.

Daʻʻvogarlar sudga 2018 yilda jamoaviy daʻʻvo bilan murojaat qilgan edi. Daʻʻvo jamoaviy boʻlgani sababli shu vaqtga qadar kamsituvchi siyosatdan jabrlangan barcha musulmon ayollar 13 ming dollargacha miqdorda maʻʻnaviy zarar uchun tovon puli olish huquqiga ega boʻldi.

Mavzuga aloqador