Isroil hukumati Gʻazo sektoriga gumanitar yordam olib ketayotgan 277 yuk mashinasiga ruxsat berdi.

Isroil hukumati Gʻazo sektoriga gumanitar yordam olib ketayotgan 277 yuk mashinasiga ruxsat berdi.

Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligi huzuridagi Isroil hukumatining Falastin hududlaridagi faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi (COGAT) xabar berdi.

Maʻʻlumotlarga koʻra, 3 mart kuni Gʻazoga jami 277 ta yuk mashinasi gumanitar yordam etkazilgan.

Qayd etilishicha, Isroil hukumati “Gʻazo sektoriga insonparvarlik yordami hajmini cheklamaydi”.

Avvalroq Amerikaning uchta S-130 samolyoti orqali AQSh ilk bor Gʻazo shimoliga 38 mingdan ortiq portsiyada oziq-ovqatlarni parashyutlar yordamida tashlagani xabar qilingan edi. Mazkur hududda, BMT maʻʻlumotlariga koʻra, 576 mingdan ortiq inson ochlik girdobida yashamoqda.

 

Mavzuga aloqador