Evropa Ittifoqi Ukrainaga Rossiya Markaziy bankining muzlatilgan 200 mlrd evrolik aktivlaridan tushgan foydadan birinchi 1,5 milliard evroni ajratdi. Kreml munosib javob qaytarishga vaʻʻda berdi.

Juma kuni Evropa Ittifoqi Ukrainani qoʻllab-quvvatlash maqsadida Rossiya Markaziy bankining muzlatilgan aktivlaridan olingan daromad hisobidan birinchi 1,5 mlrd evro ajratilishini eʻʻlon qildi.

May oyida Evropa Ittifoqiga aʻʻzo davlatlar Rossiya Markaziy bankining muzlatilgan aktivlari hisobidan milliardlab evroni Ukrainani qurollantirish va urushdan keyingi rekonstruktsiya ishlarini moliyalashtirish uchun ishlatishga kelishib olgan edi.

EI 2022 yilda Ukrainaga bostirib kirishi sababli Moskvaga kiritilgan sanktsiyalar doirasida Rossiya markaziy bankining muzlatilgan 200 milliard evroga yaqin aktivlarini muzlatib qoʻygan edi.

Evropa Ittifoqida muzlatilgan mablagʻlarning qariyb 90 foizi Belgiyaning Euroclear xalqaro depozit tashkilotiga tegishli.

“EI Ukrainani qoʻllab-quvvatlaydi. Bugun biz Rossiyaning immobilizatsiya qilingan aktivlaridan olingan 1,5 milliard evroni Ukrainani mudofaa va rekonstruktsiya qilishga oʻtkazmoqdamiz”, — dedi Evropa Ittifoqi prezidenti Ursula fon der Lyayen.

"Ukrainani va butun Evropani yashash uchun xavfsizroq joyga aylantirishda Kreml pulidan yaxshiroq ramz va yaxshiroq foydalanish imkoniyati yoʻq", – deya qoʻshimcha qildi u.

Pul muzlatilgan Rossiya mablagʻlaridan olingan foizlardan keladi, muzlatilgan mablagʻlarning oʻzidan emas.

Bryussel pulning 90 foizi Evropa tinchlik jamgʻarmasi deb nomlanuvchi Ukraina uchun qurol-yarogʻ toʻlash uchun foydalaniladigan markaziy fondga yoʻnaltirilishini aytdi.

Qolgan 10 foizi esa, mamlakatni tiklash ehtiyojlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Ukraina uchun alohida EI jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.

Ukraina bosh vaziri Denis Shmixal Evropa Ittifoqiga koʻrsatgan yordami uchun minnatdorchilik bildirdi.

“Fon der Lyayen va Evropa Ittifoqiga doimiy qoʻllab-quvvatlaganingiz hamda Ukrainani mudofaa va qayta qurishga qoʻshgan muhim hissangiz uchun tashakkur”, – deb yozdi u ijtimoiy tarmoqlarda.

Oʻz navbatida, Rossiya bu harakatni qoralab, uni "noqonuniy" deb taʻʻrifladi.

“Bu, albatta, Evropa Ittifoqi tomonidan amalga oshirilayotgan bunday noqonuniy qarorlarga javoban oʻylangan harakatlar uchun sababdir”, – dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarga.

Mavzuga aloqador