Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 245 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.

Bosqinchilar Nuseyrat va Magazi, Rafah, Xon Yunis va Dayr al-Balah lagerlariga hujum qildi. Bir kunda 70 kishi halok boʻldi. Urush boshlanganidan buyon 36564 kishi shahid boʻldi.

 Bosqinchilar Gʻazo munitsipaliteti binosini portlatib yubordilar, u erda Nuseyrat lageri meri Iyad al-Mugariy halok boʻldi.

 Gʻarbiy Sohilda bosqinchilar Quddus, Ramallah va Nablusga hujum qilmoqda. Bir kunda 3 nafar falastinlik shahid boʻldi, 13 nafari yaralandi.

 Al-Qassam brigadalari Kerem Shalom nazorat-oʻtkazish punktining ishgʻol shtabiga hujum qildi, Rafah va Dayr al-Balohda 4 ta Merkava tankini yoʻq qildi, shuningdek, Rafah janubidagi binoda oʻtirgan bir guruh bosqinchilarni yoʻq qildi.

 Chegara bilmas shifokorlar: Dayr al-Balahdagi Al-Aqso kasalxonasi Gʻazoning nishonga olingan markaziy qismiga Isroilning bir necha kun davom etgan tinimsiz hujumlaridan soʻng yaradorlar va halok boʻlganlar bilan toʻlib ketgan kemadir.

 Accosiated Press: Isroil AQShning Gʻazoda oʻt ochishni toʻxtatishga olib keladigan BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyasini qabul qilishga urinishiga alohida eʻʻtiroz bildirmoqda.

 

Mavzuga aloqador