Gʻazo aholisining qariyb 80 foizi, yaʻʻni 1,9 million kishi 7 oktyabrdan beri oʻz uyini tashlab ketgan. Bu haqda BMTning Falastinlik qochqinlarga yordam va ishlar agentligi (UNRWA) xabar berdi.
“7 oktyabrdan buyon Gʻazo sektori boʻylab taxminan 1,9 million kishi (yoki aholining 80 foizdan ortigʻi) oʻz uyini tashlab ketgan”, — deyiladi tashkilot oʻz hisobotida.
Tashkilotning aniqlik kiritishicha, 2 dekabrʻ holatiga koʻra, Gʻazo sektoridagi BMTning 156 ta obʻʻektida 1,2 millionga yaqin ichki koʻchirilganlar boshpana topgan.
Avvalroq Rossiyaga 25 noyabrdan boshlab Gʻazo sektoridan toʻrtta guruhda jami 150 dan ortiq kishi, jumladan, 70 dan ortiq bolalar evakuatsiya qilingani, ular Dogʻistondagi dam olish maskanlaridan biriga joylashtirilgani hamda xohlovchilar ish bilan taʻʻminlanishi haqida xabar bergan edik.

Mavzuga aloqador