AQSh Markaziy qoʻmondonligi yuk mashinalari AQSh tomonidan Gʻazo sektorida oʻrnatgan vaqtinchalik portdan gumanitar yordam etkazib berishni boshladi. Mashinalar mahalliy vaqt bilan soat 09:00da vaqtinchalik portdan chiqib ketgan.


AQSh Markaziy qoʻmondonligining ijtimoiy tarmoqdagi postida qayd etilishicha, gumanitar yordam olib ketayotgan yuk mashinalari mahalliy vaqt bilan soat 09:00da vaqtinchalik portdan chiqib ketgan.

Bu "Gʻazodagi falastinlik tinch aholiga qoʻshimcha yordam koʻrsatish boʻyicha davom etayotgan koʻp millatli saʻʻy-harakatlar" boʻlib, bir qancha davlatlar va gumanitar tashkilotlar tomonidan koʻrsatilgan yordamni oʻz ichiga oladi.

Avvalroq, 8 may kuni AQSh Mudofaa vazirligi dengiz orqali insonparvarlik yordamini etkazish uchun Gʻazo qirgʻoqlari yaqinida vaqtinchalik port qurilishi yakunlanganini maʻʻlum qilgandi.

Isroilning Gʻazo sektoriga uyushtirgan hujumlarida oʻtgan yilning 7 oktyabridan buyon 35272 falastinlik, jumladan, kamida 15103 bola va 9849 ayol halok boʻlgan, 79205 kishi yaralangan.

Mavzuga aloqador