“Changal-qulf” operatsiyasida 6 nafar turk harbiysi halok boʻldi, 1 askar yaralandi.

Turkiya Milliy mudofaa vazirligi Iroq shimolidagi “Changal-qulf” operatsiyasi hududida Kurdiston ishchi partiyasi (PKK) jangarilari hujumi natijasida 6 nafar turk harbiysi halok boʻlgani, 1 nafarining yaralanganini maʻʻlum qildi.

"2023 yilning 23 dekabrʻ kuni “Changal-qulf operatsiyasi hududidagi bazaga kirishga uringan terroristlar bilan boshlangan toʻqnashuvda 6 nafar qahramon safdoshimiz shahid boʻldi, bir qahramon quroldoshimiz yaralandi. Toʻqnashuvda, dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, 13 terrorist zararsiz holga keltirildi. Mintaqada harakatlar davom etmoqda. Belgilangan nishonlarga toʻsatdan havo zarbalari ham berilmoqda”, - deyiladi bayonotda.

Maʻʻlumot uchun, Turk Qurolli Kuchlari 2019 yil may oyida Shimoliy Iroqdagi Xakurk mintaqasida Turkiya chegarasiga yaqin hududlarga joylashib olgan PKKga qarshi “Changal” operatsiyalarini boshladi. Shundan buyon oʻz hududlariga sizib kirib, turli terroristik aktlarini amalga oshirayotgan RKK jangarilariga qarshi harbiy amaliyotgan oʻtkazib kelinmoqda.

Mavzuga aloqador