Umar ibn al-Xattob davrlarida u kishining huzurlariga uch kishi miskin bir yigit bilan kirib shunday deyishdi:

– Ey moʻʻʻminlar amiri, mana bu yigitdan biz uchun qasos olishingizni soʻraymiz, sababi bu inson bizni otamizni oʻldirdi.

Umar ibn al-Xattob:

– Nima uchun otalarini oʻldirding?

Yigit:

– Men tuya va echkilarni oʻtlatib yuruvchi choʻponman. Tuyalarimdan biri otalarining eridagi daraxtni egani uchun otalari tuyamni tosh bilan urib, oʻldirib qoʻydi. Keyin men ham huddi shu toshni olib otalarini urgandim, oʻlib qoldi.

Umar ibn al-Xattob dedi:

– Demak, sen jazoga mahkumsan.

Yigit:

– Menga uch kun muhlat bering. Otam vafot etganlar. Menga va kichik ukamga bir xazinani meros etib qoldirganlar. Agar meni qatl etsangiz, mendan keyin meros ham yoʻqoladi, ukam ham hech vaqosiz qoladi.

Umar ibn al-Xattob:

– Kim seni qaytib kelishingga kafil boʻla oladi?

Yigit odamlarning yuziga razm solib chiqar ekan, mana shu inson deb Abu Zarrga ishora qiladi.

Umar ibn al-Xattob:

– Ey Abu Zarr, sen shu yigitga kafilmisan?

Abu Zarr:

– Ha, ey moʻʻʻminlarning amiri.

Umar ibn al-Xattob:

– Sen u yigitni tanimaysan. Agarda qochib ketgudek boʻlsa, uning oʻrniga seni jazoga tortaman.

Abu Zarr dedi:

– Men unga kafilman, ey moʻʻʻminlar amiri.

Shu bilan yigit joʻnab ketdi. Oradan bir kun, ikki kun va nihoyat uchinchi kun oʻtyapti hamki, yigitdan darak yoʻq. Odamlarning barchasi Abu Zarrdan xavotirda edilar. Uni aslo jazoga tortilishini istamas edilar.

Shu mahal, shom namozidan biroz oldin yigit xalloslab yugurib etib keldi. Uning yuzidan charchab, holdan toygani bilinib turar edi. Yigit Umar ibn al-Xattob, moʻʻʻminlar amirining oldilariga kelib toʻxtadi.

Yigit:

– Xazinani ukamga topshirib keldim. Endi, meni jazolashingiz mumkin. Men sizning ixtiyoringizdaman.

Umar ibn al-Xattob hayron boʻlib soʻradilar:

– Seni nima qaytardi? Qochib ketishing ham mumkin ediku?!

Yigit:

– Rasulullohning vafotlaridan soʻng, “odamlarda “ahd va vafo” degan narsa qolmabdi“, deb aytishlaridan choʻchidim.

Umar ibn al-Xattob Abu Zarrdan soʻradilar:

– Nimaga sen kafil boʻlding?

Abu Zarr:

– “Rasulullohning vafotlaridan soʻng odamlarda “yaxshilik” qolmabdi“, deb aytishlaridan qoʻrqdim.

Oʻlib ketgan odamning farzandlari bundan taʻʻsirlanib, “biz uni afv etdik“ deb aytdilar.

Umar ibn al-Xattob:

– Nimaga? Nima uchun?

Yigitlar:

– Odamlar “Rasulullohning vafotlaridan soʻng odamlardan “afv” yoʻqolib ketyapti“, deb aytishlaridan qoʻrqyapmiz.

“Umar ibn Xattob zamonidagi ajoyib qissalar” kitobidan

Mavzuga aloqador